Mykhailo Petrovych Mudryk (2001-yil 5-yanvarda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Ukraina terma jamoasida qanot hujumchisi pozitsiyasida oʻynaydi.

Mudryk oʻz faoliyatini Metalist Kharkiv va Dnepr akademiyalarida boshlagan, 2016-yilda esa Shaxtyor Donetsk klubiga oʻtgan. U ikki yildan soʻng professional futboldagi debyutini oʻtkazdi va keyinchalik Arsenal Kyiv and Desna Chernihiv klublariga ijaraga berildi. 2023-yilda u 70 million yevro (62 million funt sterling) evaziga Angliyaning Chelsea klubiga koʻchib oʻtdi va bu orqali eng qimmat ukrainalik hamda Ukraina Premyer-ligasidan transfer qilingan eng qimmat futbolchiga aylandi.

Mudryk Ukrainaning bir necha yosh toifasidagi terma jamoalarda toʻp surgan. 2022-yildan buyon esa Ukraina kattalar terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi va UEFA Yevro 2024 turnirida ham mamlakati sharafini himoya qildi.

Shaxsiy hayoti Mykhailo Petrovych Mudryk 2001-yil 5-yanvarda Xarkov viloyatining Krasnohrad shahrida tugʻilgan. Provaslav nasroniy boʻlgan futbolchi koʻplab oʻyinlarda dinining ramzi hisoblangan belgilar bilan koʻrishimiz mumkin. Mudrykning bir nechta tatuirovkalari bor, lekin u „Only Jesus“ (maʼnosi „Faqat Iso“) deb yozilgan tatuirovkasini eng muhimi deb biladi. Futbolchini doʻstlari va murabbiylari „Misha“ laqabi bilan chaqirishadi.

Klublardagi karyerasi Karyerasining boshlanishi Mudryk 2010-yilda Metalist Kharkiv akademiyasida futbol oʻynashni boshlagan, 2014-yilda Dnepr jamoasiga oʻtgan. Turli yosh toifalaridagi koʻrsatgan oʻyini tufayli Mudryk Donetskning Shaxtyor klubi eʼtiborini tortdi va u 2016-yilda klub akademiyasi bilan shartnoma imzoladi.

Chelsea 2023-yilning 15-yanvarida Mudryk Preymer-liganing Chelsea klubi bilan 70 million yevro (62 million funt sterling) evaziga sakkiz yarim yillik shartnoma imzoladi. Bu orqali u Shaxtyor va Ukraina Preymer-ligasi tomonidan sotilgan eng qimmat futbochiga aylanib, Fredning avvalgi rekordini ortda qoldirdi.

Mudrykning Liverpool bilan kechgan 0:0 hisobidagi Preymer-liga bahsida yangi jamoasida debyut qildi. futbolchi 4-fevral kuni Fulham klubiga qarshi oʻyinda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2-oktabr kuni Mudryk oʻzining londonliklar safidagi 24-uchrashuvida ilk golini kiritdi. 21-oktyabr kuni u Arsenal bilan oʻyinda (2:2) uzoq masofadan yoʻllagan zarbasidan soʻng Stamford Bridge stadionidagi oʻzining birinchi golini urdi.

Terma jamoadagi karyerasi 2017-yildan 2018-yilgacha Mudryk Ukraina U-17 terma jamoasida o‘ynagan. 2018-yildan 2019-yilgacha oraliqda esa Ukraina U-19 jamoasida to'p surgan, u yerda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol muallifiga aylangan. 2019-yilda futbolchi Ukraina U-21 terma jamoasida debyut qildi, 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini uch bor ishg'ol qildi. 2021-yil 7-sentabrda u Armanistonga qarshi bahsda jarima zarbasidan g‘alaba golini kiritdi. 2021-yil 7-sentabrda u Armanistonga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan g‘alaba golini kiritdi. 2023-yil 16-iyun kuni Mudryk 2023-yilgi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ham terma jamoasi sharafini himoya qildi. U musobaqa davomida ikkita o‘yinda maydonga tushdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

2022-yil aprel oyida Mudryk ilk bor Ukraina terma jamoasiga 2022-yilning aprel-may oylarida Sloveniyada bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini vaqtida chaqiruv oldi. 1-iyun kuni u 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi pley-off bosiqchining yarim finalida u terma jamoadagi debyutini amalga oshirdi.

Statistika Klub

+ KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarShaxtyor2018–2019Ukraina Premyer ligasi0010—0000102019–2020Ukraina Premyer ligasi3000—0000302020–2021Ukraina Premyer ligasi30——00—302021–2022Ukraina Premyer ligasi11210—70001922022–2023Ukraina Premyer ligasi127——63—1810Umumiy29920—133004412Arsenal Kyiv (ijara)2018–2019Ukraina Premyer ligasi100————100Desna Chernihiv (ijara)2020–2021Ukraina Premyer ligasi10010———110Chelsea2022–2023Premier League150——20—1702023–2024Angliya Premyer-ligasi3155151——417Umumiy465515120—587Umumiy951481511530012319

International

+ Terma jamoaYillarO'yinlarGollarUkraina202280202381202471Umumiy232

+ Mykhailo Mudrykning terma jamoa safida kiritgan gollari No.SanaStadionO'yinRaqibHisobYakuniy natijaTurnir12023-yil 17-oktyabrNational Stadium, Ta' Qali, Malta153–13–1UEFA Yevro 2024 saralashi22024-yil 26-martWrocław Stadium, Wrocław, Polsha182–12–1UEFA Yevro 2024 saralashi Manbalar

Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Shaxtyor Donetsk futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari