Saida Iskandarova (1980-yil 12-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq suzuvchi, chalqancha suzish boʻyicha ixtisoslashgan, shuningdek, erkin usulda suzish yoʻnalishida ham musobaqalarda qatnashgan. U ikki karra olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi (2000; 2004) va hozirda suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.
Iskandarova 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekistonning birinchi ayol suzuvchisi sifatida Olimpiya oʻyinlarida debyut qildi va u yerda ayollar oʻrtasida 50 m masofaga erkin usulda suzishda ishtirok etdi. Toʻrtinchi saralashda ishtirok etgan Saida moldavalik Maria Tregubovadan 0,23 soniyaga ortda qolib, u bilan birga suzganlar orasida oltinchi va umumiy hisobda ellik beshinchi oʻrinni egalladi.
Iskandarova Minskda boʻlib oʻtgan Belarus ochiq chempionatida 2:19,98 natijani qayd etib, 200 m masofaga chalqancha suzish yoʻnalishida 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma oldi. U birinchi saralashda ishtirok etib, Puerto-Rikolik suzuvchi Gretchen Gotay va Gonkonglik Sherry Tsaiga qarshi bahs olib bordi. Saida 2:26,17 natija koʻrsatib, yakunda gʻalaba qozongan sportchi, Tsaidan 6,24 soniya ortda qoldi. Iskandarova yarim finalga chiqa olmadi, chunki u dastlabki bahslarda umumiy hisobda oʻttiz ikkinchi oʻrinni egallagan edi.
Manbalar
Havolalar Profile – Honored Master of Sports (Start Uzbek)
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol suzuvchilar