Chehel Doxtaran maqbarasi () Eronning Koshan shahridagi tarixiy inshootdir. Imomzoda Sulton Mir Ahmad inshootining gʻarbiy tomonida joylashgan. Maqbara Hulokuiylar davrida qurilgan. Uning baland, oddiy bezaksiz gumbazi Hulokuiylar davri meʼmorchiligining oʻziga xos belgisi hisoblanadi.

Chehel Doxtaran fors tilida qirq qiz degan maʼnoni anglatadi, ammo bu nom binoga nima sababdan berilgani nomaʼlum. Baʼzilar, bu bino xuddi Chehel Doxtaron minorasi kabi ayollar uchun maxsus masjid va maktab boʻlgan va 1112-yilda minora kabi qurilgan, deb hisoblashadi.

Yana qarang

Isfaxon viloyatidagi tarixiy inshootlar roʻyxati Manbalar

Turkum:Erondagi maqbaralar Turkum:Koshondagi bino va inshootlar Turkum:Koshondagi turistik diqqatga sazovor joylar Turkum:Eron arxitekturasi