Lydia Marie Hearst-Shaw (talaffuzi: Lidiya Mari Herst-Shou; 1984-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) – amerikalik model, aktrisa, sotsialist va turmush tarzi blogeri. U gazeta noshiri va siyosatchi William Randolph Hearstning nevarasi hamda muallif va aktrisa Patty Hearstning qizi. Yoshligi va taʼlimi Hearst-Shaw 1984-yil 19-sentyabr Konnektikutning Wilton shahrida 30 yoshli aktrisa Patty Hearst va San-Fransiskoning sobiq politsiyachisi 39 yoshli Bernard L. Shaw oilasida dunyoga kelgan. U 2003-yilgacha Konnektikut shtatining Fairfield shahridagi Sacred Heart universitetida oʻqigan va moda olamidagi faoliyatini boshlagan. Faoliyati Jurnallar va moda namoyishlari
Fotosuratchi Steven Meisel Hearstni „kashf qildi“ va 2004-yil aprel oyida uni Vogue Italiya jurnalining birinchi muqovasi uchun suratga oldi. Oʻshandan beri Hearst xalqaro miqyosda Vogue, Harper's Bazaar, Elle, Marie Claire, GQ, L'Officiel va Esquire kabi turli jurnal muqovalarida paydo boʻldi. U Meisel, Patrick Demarchelier, Ellen Von Unwerth, Mario Testino, Peter Lindbergh, Inez van Lamsweerde va Vinoodh Matadin kabi bir qancha taniqli fotograflar bilan ishlagan.
2008-yilda Michael Awards taqdirlash marosimida Hearst „Yil modeli“ sifatida taqdirlanadi va shu yili 12-noyabrda Madrid Glamour Awards taqdirlash marosimida „Eng yaxshi xalqaro supermodel“ mukofotiga ham sazovor boʻladi.
Hearst Chanel, Fendi, Catherine Malandrino, Nicole Miller va Jeremy Scott kabi moda dizaynerlari uchun modellik qilgan (Adobe Flash).
Reklama Hearst Prada, Louis Vuitton, Alexander McQueen, Bottega Veneta, Sephora, L'Oreal Ferria, DKNY, MYLA Lingerie, H&M, NARS Cosmetics, MAC Cosmetics, Miss Me Jeans, Moschino Cheap & Chicning (Adobe Flash) reklama kampaniyalarida ishtirok etgan. 2007-yilda u Pumaʼs French 77 reklamasida paydo boʻldi, shundan soʻng Puma uni oʻz kolleksiyasi uchun sumkalar toʻplamini loyihalashtirishga jalb qildi.
2012-yilning bahorida Swarovski ayollarning yurak salomatligi haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan, Yurak, oʻpka va qon milliy instituti homiyligida oʻtkazilayotgan Heart Truth kampaniyasi uchun Hearstni elchisi etib tanladi.
Jurnalistika Hearst qisqa vaqt New York Post gazetasining yakshanba kungi nashri Page Six uchun sharhlovchi sifatida ishlagan. U, shuningdek, turmush tarzi va moda blogini boshqargan.
Boshqa rollari Hearst Miles Fisherning „This Must Be the Place“ nomli musiqiy videosi muqovasi uchun suratga tushgan. U yana 2011-yilda Cisco Adlerning „Song for All the Girls“ filmi uchun olingan musiqiy videoda rol oʻynagan va ushbu sahnada arra bilan oʻldirilgan. Shuningdek, Hearst Johnny Polygonning „LimoSexSuperstar“ videosida kichik rol ijro etgan.
Televideniya Hearst Anne Vyalitsyna va Naomi Campbell bilan birga Oxygenning The Face modellashtirish realiti tanlovining ikkinchi nashrida supermodel murabbiy sifatida ishlagan. Mavsum premyerasi 2014-yil 5-martda boʻlib oʻtdi.
Shaxsiy hayoti Hearst 2016-yil 20-avgustda Kaliforniyaning Pasadena shahrida Chris Hardwickga turmushga chiqdi. Hardwick va Hearst turmush qurishdan oldin ikki yil davomida uchrashib yurgan. Ularning qizi 2022-yil yanvar oyida tugʻilgan. Juftlik hozirda Los-Anjelesning Los-Feliz hududida istiqomat qilishadiChris Hardwick on Instagram: New human alert!.
Xayriya Oilasidagi xayriya anʼanalari Hearstni Operation Smile tibbiy xizmat tashkiloti uchun „Tabassum elchisi“ boʻlishiga ilhomlantirgan. Filmografiyasi Film Yil Nomi Rol Izohlar 2008 The Last International Playboy Stella 2012 Two Jacks Alexis 2013 Delirium Jennifer 2014 Cabin Fever: Patient Zero Bridgett 2014 Automobile Waltz Penelope Qisqa film 2014 The Barber Melissa 2014 Desire Penelope Qisqa film 2015 Stealing Chanel Chanel 2015 Condemned Tess 2015 #Horror Lisa 2016 Guys Reading Poems Aktrisa 2016 All at Once Amy 2016 Swing State Julia Davies 2017 West of Time Opa Qisqa film 2018 Between Worlds Mary 2019 The Haunting of Sharon Tate Abigail Folger 2020 50K Chloe 2021 Grace and Grit Amy Akkreditatsiya qilinmagan 2021 Aileen Wuornos: American Boogeywoman Jennifer Fell Ijrochi prodyuseri ham boʻlgan 2022 Titanic 666 Idina Bess 2022 Turning Point McKayla 2022 Root Letter Karen Blake 2022 Slayers Liz Andrews Ijrochi prodyuser yordamchisi ham boʻlgan TBA Werewolf Game Kutilmoqda
Televideniya Yil Nomi Rol Izohlar 2009 Gossip Girl Amelia Epizod: „Much 'I Do' About Nothing“ 2013 Mistresses Story Epizod: „Ultimatum“ 2014 The Face Oʻzi/Murabbiy 2-mavsum 2015 South of Hell Charlotte Roberts 6 epizod 2018 Z Nation Pandora 5 epizod 2020 Sinister Sister Zara Downes/Ronnie Televizion film; Psycho Sister-in-Law sifatida ham tanilgan 2021 Eli Roth's History of Horror Oʻzi 4 epizod
Podkastlar Yil Nomi Rol Izohlar 2020 The Shadow Diaries Christine/Lina Ovozli rol
Musiqiy videolar Yil Nomi Qoʻshiqchi(lar) 2009 „This Must Be the Place (Naive Melody)“ Miles Fisher 2011 „Song for All the Girls“ Cisco Adler va Young Chris 2013 „LimoSexSuperstar“ Johnny Polygon 2019 „Ass Level“ Santina Muha
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik modellar