2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish bahslari 2024-yilning 5–8-avgust kunlari Fransiyaning Parij shahrida joylashgan Stade de France stadionida toʻrt turda boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqalar Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan 29-marotaba oʻrin oldi. Jami 48 nafar sportchi ushbu musobaqalarga yoʻllanmalarni va reyting natijalariga koʻra oʻyinlarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Umumiy maʼlumot Bundan avvalgi Olimpiadada ketma-ket 6 ta oʻrinni egallagan barcha sportchilar Parij Olimpiadasida ishtirok etdi. Jumladan, ketma-ket 3 ta jahon chempionatida gʻalaba qozongan sportchi, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sohibi Noah Lyles ushbu musobaqa favoriti boʻldi. Amaldagi chempion Andre De Grasse 2016 va 2019-yilgi jahon chempionatlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sohibi Kenny Bednarek ham 2022-yilda Lylecdan keyin 2-oʻrinni egallagan edi, ammo 2023-yilda 5-oʻringa qolib ketdi. 2021-yilda 4-oʻrinni egallagan, hozirda 20 yoshda boʻlishiga qaramay, ancha tajribali boʻlgan sportchi, 2022-yilda 3, 2023-yilda 2-oʻrinni egallagan atlet Erriyon Knighton ham musobaqalarda ishtirok etdi. Sportchi nafaqat 200 metrga yugurishda, balki 2023-yilda 100 metrga yugurish bahslarida ham gʻalaba qozondi. Parij Olimpiadasida esa atlet oʻzining eng yuqori natijasini qayd etdi. 2021-yilgi musobaqada 5-oʻrinni egallagan Jozeph Fahnbulleh bu musobaqada start chizigʻidan yomon chiqdi. 2023-yilda oʻtkazilgan yengil atletika musobaqasi bronza medali sohibi Letsile Tebogo marraga juda qisqa masofalar qolganda Lylesdan oʻzib ketishga va gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. 400 metrga yugurish boʻyicha jahon rekordchisi va 2016-yilgi Olimpiya chempioni Wayde van Niekerk esa oʻyinlarga XOQ tomonidan berilgan maxsus wild card orqali ishtirok etdi.
Birinchi yarim finalda Bednarek masofani 20.00 soniyada bemalol bosib oʻtdi, Alexander Ogando esa De Grasseni quvib oʻtdi. Ikkinchi yarim finalda esa Tebogo Lylesni 19,96 soniya bilan magʻlub etdi. Knighton va Fahnbulleh 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, van Niekerk soʻnggi oʻrinda qolib ketdi. Umumiy qayd etilgan vaqt koʻrsatkichlariga koʻra saralash bosqichidan oʻtgan har ikkala sportchilar ham Zimbabvedan Tapiwanashe Makarawu va Makanakaishe Charambalar edi.
Finalda eng tez startdan chiqqan sportchi Tebogo boʻldi, Lyles esa undan 0,1 soniyaga ortda qoldi. Bednarek Tebogo ustidan 0,05 soniya oldinga chiqib olish uchun aylanma boʻylab harakatlandi. Bednarek va Tebogo aylanma yoʻlak boʻylab toʻgʻridan-toʻgʻri yonma-yon kirib bordi, Lyles esa ulardan biroz orqada qoldi. Shundan keyin Tebogo tezlikni oshirdi. Finish chizigʻiga yetib borgunga qadar Lylesning tezligi tushib ketdi. Sportchi 3-oʻrinni egallash uchun Knighton bilan raqobat olib bordi. Ushbu musobaqada 2, 3 va 4-oʻrin sohiblari avvalgi Olimpiada oʻyinlarida ham aynan shu oʻrinlarni egallagan edi, biroq 1-oʻrin sohibi bu safar Tebogoga nasib qildi.
Tebogo Afrikaning yangi rekordini oʻrnatib, mintaqa tarixida eng yaxs eng yaxshi natijalarni qayd etgan beshinchi sportchiga aylandi. Shuningdek, Bednarek va Lyles Olimpiya tarixidagi 200 metrga yugurish bahslarida eng tez natija koʻrsatgan kuchli oʻntaligiga kiruvchi natijalarni qayd etdi.
Musobaqadan soʻng Lyles yoʻlakda yiqilib qoldi va uni nogironlar aravachasida olib ketishdi. Keyinchalik, ikki kun oldin COVID-19 uchun topshirgan analizlari ijobiy chiqqanligi maʼlum boʻldi. Bu esa sportchining natijalariga salbiy taʼsir oʻtkazmay qolmadi. Keyinchalik Lyles 4x100 va 4x400 metga estafeta poygalarida qatnashmasligini maʼlum qildi.
Tavsifi Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish bahslari 1900-yildan beri Yozgi Olimpiya oʻyinlarining yengil atletika dasturidan oʻrin olib kelmoqda. Amaldagi Olimpiya chempioni esa kanadalik Andre De Grasse hisoblanadi. +2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan oldingi jahon rekordlariRekordAtlet (mamlakat)Vaqt (soniya)ManzilSanaJahon rekordi19.19"All time Top lists – Senior – 200 Metres men", World Athletics, 29 June 2024. Retrieved 29 June 2024.Berlin, Germaniya20-avgust 2009Olimpiya rekordi19.30Pekin, Xitoy20-avgust 2008Jahon yetakchisi19.53"Season Top Lists – Senior 2024 – 200 Metres men", World Athletics, 2024. Retrieved 29 June 2024.Eugene, AQSh29-iyun 2024 +2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan oldingi hudud rekordlariHudud rekordlariAtlet (mamlakat)Vaqt (s)Africa 19.50Asia 19.88Europe 19.72North, Central America and Caribbean 19.19 Oceania 20.06South America 19.81
Saralash Erkaklar oʻrtasida 200 metrga yugurish boʻyicha saralash musobaqalari 2023-yilning 1-iyulidan 2024-yilning 30-iyuniga qadar oʻtkazilganSean McAlister, „How to qualify for athletics at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“, Olympics.com, 20 December 2022. Retrieved 29 June 2024.. Jami 48 nafar sportchi, jumladan, Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun shart boʻlgan 20.16 soniya yoki undan tezroq natijani qayd etgan, jahon reytingida yuqori oʻrinda turuvchi, har bir mamlakatda koʻpi bilan 3 nafar sportchi Parij Olimpiadasida ishtirok etdi.
Natijalar
Saralash bahslari Saralash musobaqalari 5-avgust kuni kechki soat 19:55 da (UTC+2) boshlandi"Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024..
Saralash 1 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar14Joseph Fahnbulleh20.20Q29Eseosa Desalu20.26Q33Wayde van Niekerk20.42Q47Ryan Zeze20.4958Felix Svensson20.54 (.534)62Cheickna Traore20.54 (.536)75Calab Law20.7586Albert Komański20.77Shamol: +0.1 m/s
Saralash 2 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar13Tarsis Orogot20.32Q29Wanya McCoy20.35Q36Renan Gallina20.41Q47Andrew Hudson20.5352Udodi Onwuzurike20.5568César Almirón20.8774Tomáš Němejc21.035José GonzálezShamol: −0.1 m/s
Saralash 3 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar13Letsile Tebogo20.10Q24Makanakaishe Charamba20.27Q38Filippo Tortu20.29Q42Brendon Rodney20.30SB55Timothé Mumenthaler20.6367Koki Ueyama20.8476Benjamin Richardson51.86jarohat olganShamol: −0.1 m/s
Saralash 4 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar13Kenneth Bednarek19.96Q25Alexander Ogando20.04Q32Joshua Hartmann20.30Q47Diego Pettorossi20.6354Shota Iizuka20.6766Ondřej Macík21.048Zharnel HughesShamol: +0.2 m/s
Saralash 5 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar14Erriyon Knighton19.99Q23Tapiwanashe Makarawu20.07Q37Shaun Maswanganyi20.20Q42Aaron Brown20.3659Ian Kerr20.5366Pablo Mateo20.5878Erik Erlandsson20.6585Eduard Kubelík21.14Shamol: +0.2 m/s
Saralash 6 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar16Noah Lyles20.19Q27Andre De Grasse20.30Q34Towa Uzawa20.33Q45Bryan Levell20.4752Blessing Afrifah20.7868Chun-Han Yang20.8373William Reais20.92Shamol: +0.1 m/s
Takroriy tur Takroriy tur 6-avgust kuni kunduzgi soat 12:30 da (UTC+2) boshlandi"Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024..
Saralash 1 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar16Udodi Onwuzurike20.51Q28Diego Pettorossi20.5335Timothé Mumenthaler20.6747Shota Iizuka20.7254Ondřej Macík21.143Cheickna TraoreShamol: +1.0 m/s
Saralash 2 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar14Brendon Rodney20.42Q25Bryan Levell20.47q38Pablo Mateo20.5746Koki Ueyama20.923César Almirón7Calab LawShamol: +0.6 m/s
Saralash 3 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar17Ryan Zeze20.40Q24Aaron Brown20.42q36Chun-Han Yang20.7343Blessing Afrifah20.8852Albert Komański20.9068Eduard Kubelík21.205William ReaisShamol: 0.0 m/s
Heat 4 ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar16Erik Erlandsson20.49Q, PB27Andrew Hudson20.5538Ian Kerr20.6045Felix Svensson20.6553Tomáš Němejc20.844Benjamin RichardsonShamol: +0.3 m/s
Yarim final bahslari Yarim final 7-avgust kuni kechki soat 20:02 da (UTC+2) oʻtkazildi"Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024..
1-yarim final ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar17Kenneth Bednarek20.00Q28Alexander Ogando20.09Q35Andre De Grasse20.4144Shaun Maswanganyi20.4259Wanya McCoy20.6166Tarsis Gracious Orogot20.6473Ryan Zeze20.8182Bryan Levell20.93Shamol: −0.1 m/s
2-yarim final ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar18Letsile Tebogo19.96Q26Noah Lyles20.08Q34Makanakaishe Charamba20.31q47Eseosa Fostine Desalu20.3755Joshua Hartmann20.4769Towa Uzawa20.5473Aaron Brown20.5782Erik Erlandsson20.93Shamol: −0.2 m/s
3-yarim final ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar18Erriyon Knighton20.09Q26Joseph Fahnbulleh20.12Q37Tapiwanashe Makarawu20.16q45Filippo Tortu20.5453Brendon Rodney20.5969Renan Correa20.6072Udodi Chudi Onwuzurike20.72 (.717)74Wayde van Niekerk20.72 (.717)Shamol: −0.6 m/s
Final Final bahslari 8-avgust kuni kechki soat 20:30 da (UTC+2) oʻtkazildi"Paris 2024 – Olympic Schedule – Athletics", Olympics.com. Retrieved 29 June 2024.. ReytingYoʻlakAtletMamlakatVaqtIzohlar7Letsile Tebogo19.46AR, WL8Kenneth Bednarek19.625Noah Lyles19.7046Erriyon Knighton19.9954Alexander Ogando20.0262Tapiwanashe Makarawu20.1079Joseph Fahnbulleh20.1583Makanakaishe Charamba20.53Source:Shamol: +0.4 m/s
Manbalar
Turkum:Yengil atletika 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida