Shavkat Tursunpoʻlatovich Normatov (; Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti boshligʻi, general-leytenant harbiy unvoniga ega.

Biografiya 2012—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshligʻi boʻlgan.

2013-yil 23-sentyabrda Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov Shavkat Normatovni Oʻzbekiston Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi lavozimiga tayinlagan.

2016-yil oktyabrda Oʻzbekiston Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan boʻshatilgan va Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

Mukofotlari 2021-yil 29-aprelda 2-darajali Mehnat faxriysi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Bosh shtab boshliqlari Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Sodiq xizmatlari uchun medali sohiblari