Elisabeth Dos-Kellner (1966-yil 16-yanvarda tugʻilgan) – avstriyalik togʻ changʻisi bilan shugʻullanuvchi paralimpiyachi. U Avstriya sharafini 1988-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida va 1994-yilgi Paralimpiada oʻyinlarida para-changʻi sporti yoʻnalishida himoya qilgan. U toʻrtta medalni qoʻlga kiritgan. Shulardan: uchtasi oltin va bittasi kumush medalidir.
Faoliyati Elisabeth Dos-Kellner 1988-yilda Insbrukda boʻlib oʻtgan Qishki Paralimpiada oʻyinlarida B2 toifasida ishtirok etgan. Kellner ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan, jumladan: gigant slalomda (1:58,27 vaqt bilan) va pastga tushish (poyga 0:53,24) bahslarida.
Elisabeth Dos-Kellner 1994-yili Norvegiyaning Lillehammer shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Paralimpiada oʻyinlarida qatnashgan. U gigant slalomning B1-2 poygasida oltin (2:50,31 natijaga erishilgan) va alp togʻlari superkombinatsiyasida B1-2 boʻyicha 1:18,89 koʻrsatkich bilan kumush medalini (Gabriele Huemer 1:18,89 natijasi bilan oltin medalni, Joan Duffy 1:27.74 koʻrsatkich bilan bronza medalini) qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:20-asrda Avstriyalik ayollar Turkum:Avstriyalik ayol togʻ changʻichilari Turkum:Avstriyalik para-togʻ changʻichilari