Gabriele Berghofer (1963-yil 26-iyunda tugʻilgan) – avstriyalik togʻ changʻisi va yengil atletka bilan shugʻullanuvchi paralimpiya sportchisi. U Avstriya sharafini qishki va yozgi Paralimpiada oʻyinlarida togʻ changʻisi, shimoliy changʻi va yengil atletika yoʻnalishlarida himoya qilgan. U jami yettita medalni qoʻlga kiritgan, jumladan: bitta oltin, uchta kumush va uchta bronza.
Faoliyati Gabriele Berghofer 1980-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlarida qatnashgan. U pentatlonning B toifasida 4105 ball bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
Gabriele Berghofer 1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ham ishtirok etgan. Berghofer 2014 ochko bilan pentatlonda oltin medalni va yadro uloqtirishda 7,35 m lik natija bilan bronza (9,14 m lik natija bilan Janet Rouli kumush va 8,51 m lik natija bilan bilan Michelle Messagedan bronza) medalini qoʻlga kiritgan.
1984-yilgi Qishki Paralimpiadaa oʻyinlarida Berghofer B2 gigant slalomda 3:09,74 lik vaqt natijasi bilan uchinchi oʻrinni egallagan (1-oʻrinda Vivienne Martin poygani 3: 02,85 va 2-oʻrinda Connie Conley 3: 09,45).
1988-yilda Insbrukda boʻlib oʻtgan Qishki Paralimpiadaa oʻyinlarida Gabriele Berghofer B2 gigant slalom boʻyicha kumush medalni (2:04,13 lik vaqt natijasi bilan) va B2 toifasidagi pastga tushish poygasida 0:54,28 (vatandoshlari Elisabeth Dos-Kellner 0: 53,24 Edith Hoelzl 0: 54,10) lik vaqt koʻrsatkichi bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan.
1998-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida Berghofer, paralimpiya shimoliy changʻi sportida qatnashgan va bu yoʻnalishda ikkita kumush medalini qoʻlga kiritgan, jumladan: 7,5 km lik B2-3 toifasidagi poygada (1-oʻrinda Miyuki Kobayashi va 3-oʻrinda Syuzan Wohlmacher) va 3x2,5 km ga ayollar ochiq estafetasida hamrohlari Renata Hoenisch va Elisabeth Maxwald bilan birga muvaffaqiyatga erishgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Paralimpiada sprinterlari Turkum:Paralimpiada yadro uloqtiruvchilari Turkum:Paralimpiada uzunlikka sakrovchilari Turkum:20-asrda Avstr Turkum:Avstriyalik koʻzi ojizlar Turkum:Avstriyalik ayol paralimpiadachilar Turkum:Avstriyalik ayol togʻ changʻichilari Turkum:Avstriyalik ayol yengil atletlar