Khushi Kapoor (2000-yil 5-noyabrda tugʻilgan) – koʻplab hind filmlarida suratga tushgan aktrisa. Aktrisa Sridevi va prodyuser Boney Kapurlarning farzandi. 2023-yilda „The Archies“ filmida Betty Cooper rolini ijro etish orqali filmlardagi debyutini qilgan.
Hayoti Khushi Kapoor 2000-yil 5-noyabrda Hindistonning Mumbay shahrida tugʻilgan. Uning otasi kino prodyuseri Boney Kapoor, marhum kinorejissyor Surinder Kapoorning oʻgʻli, onasi esa marhum aktrisa Sridevi. U kino aktyorlari Anil Kapoor va Sanjay Kapoorlarning jiyani. Uning bitta opasi, aktrisa Janhvi Kapoor] va otasining prodyuser Mona Shourie Kapoor bilan birinchi nikohidan tugʻilgan ikkita oʻgay ukasi, aktyor Arjun Kapoor va Anshula Kapoor bor. Aktrisa Sonam Kapoor, aktyor Mohit Marwah hamda prodyuser va aktrisa Rhea Kapoor uning amakivachchalari hisoblanadi. Khushi 17 yoshida onasidan ayrilgan, u Dubayda tasodifan choʻkib ketib, vafot etgan.
Kapoor Mumbaydagi École Mondiale xalqaro maktabida oʻqigan. Keyin esa, 2019-yilda Nyu-York shahridagi Nyu-York kino akademiyasida bir yillik aktyorlik kursini tamomlagan.
Faoliyati Khushi Kapoor oʻzining aktrisalik faoliyatidagi debyutini 2016-yilda YouTube orqali namoyish etilgan „Bhasm Ho: Pyaar Ka Takraar“ nomli qisqa metrajli filmda qilgan. Ushbu filmda u Pinki Kashyup rolini ijro etgan. 2020-yilda „Speak Up“ nomli qisqa metrajli filmda Naina rolini oʻynagan. 2023-yilda Betty Cooper rolini ijro etish orqali „The Archies“ nomli hind filmida toʻliq metrajli filmlardagi debyutini qilgan. Film 2023-yil dekabr oyida Netflix orqali namoyish etilgan. Rediff.com sayti muxbiri Sukanya Verma u haqida shunday degan: „Khushi Kapoor yoqimli tabassumi bilan porlab turadi va bu orqali u yoqimtoy koʻrinadi. Lekin u oʻzini biroz erkin qoʻyishi va kameraga qoʻshimcha yana nimadir berishi kerak“. The Hindu jurnali muxbiri Shilajit Mitra Kapoorni oʻzining gʻamgin, pardozsiz ijrosi bilan „eng samarali“ aktrisalardan biri deb aytgan.
Khushi 2024-yilda premyera qilinishi kutilayotgan va Dharma Productions studiyasi tomonidan suratga olinayotgan „Naadaniyaan“ filmida aktyor Ibrahim Ali Khan bilan birgalikda bosh rollarni ijro etagan.
Mediada 2024-yilda Khushi Kapoor GQ jurnali tomonidan eʼlon qilingan „Eng nufuzli 35 nafar yosh hindistonliklar“ roʻyxatiga kiritilgan. Aktrisalik faoliyatidan tashqari, Kapoor Sol de Janeyro va Myntra kabi brendlar va mahsulotlarning brend yuzi hisoblanadi. Uning surati 2023-yilda Cosmopolitan India jurnali muqovasida chiqarilgan.
Filmografiyasi
+YilFilmRol Izoh Manba 2016-yilBhasm Ho: Pyaar Ka Takraar Pinki Kashyup Qisqa metrajli film 2020-yil Speak Up Naina Qisqa metrajli film 2023-yil The Archies Betty Cooper 2024-yil Naadaniyaan Tugallangan 2025-yilUntitled romantic comedy Suratga olinmoqda
Manbalar
Havolalar
Turkum:Hind aktrisalari Turkum:Mumbayda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar