Turgʻun Abdiyev (1997-yil 1-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para dzyudochi. Musobaqalarda J1 klassida ishtirok etib keladi.
Faoliyati
2022-yildan buyon para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi hisoblanadi. 2023-yil Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Butunjahon IBSA tashkilotining yakuniy reyting natijalariga koʻra −90 kg vazn toifasida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.
Prij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Fransiyalik raqibi Jonard Cyrilga 0:10 hisobida magʻlub boʻlgan va uchinchi oʻrinni egallab bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Mukofotlari Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi sifatida ''shuhrat'' medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Sportchilar