Mirzakarim Norbekov (1957-yil 17-noyabr, Oʻsmat, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik tabib, pedagogika va psixologiya fan doktori, tibbiyot falsafasi boʻyicha doktorlik unvoni sohibi, professor.
Hayoti Mirzakarim Norbekov Sanaqulovich 1957-yil 17-noyabrda Jizzax viloyati Baxmal tumani Oʻsmat shaharchasida tugʻilgan. Otasi Sanakul Norboyevich Norbekov, Michurin sovxozining bosh buxgalteri, onasi Jumagul Norbekova esa uy bekasi boʻlgan. Ularning 7 farzandi bor boʻlgan.
1975-yilda armiyaga borgan. Mirzakarim u yerdagi janjal tufayli nogiron boʻlib qoladi. Bundan keyin u Sayyid Muhammad Hasan bilan uchrashib qoladi va uni davolaydi. Shu sababdan Mirzakarim unga shogirt tushib, sharq tabobatini oʻrganishni boshlaydi.
1982–1990-yilllarda Andijon paxtachilik institutida (hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) „Agronomiya“ mutaxassisligi boʻyicha tahsil oladi. Talabalik paytida mustaqil ravishda karate bilan shugʻullanib, qora belbogʻ sohibiga aylanadi va shu sport turi boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. U faqat jismonan emas, balki maʼnan kamol topishiga ham ahamiyat beradi va tabobatni oʻrganishda davom etadi. Institutni bitirgandan keyin u oʻzining davolash tizimini yaratib, Oʻzbekistonda qoʻllashni boshlaydi va u tez ommalashadi. Soʻng u Rossiyada ham qoʻllash uchun 1990-yillarning boshlarida Moskvaga boradi.
Kitoblari +NomiRuscha nomiNashriyotYilISBNIzohOʻz ustingda ishlaРабота над собой„Adabyot uchqunlari“2015Tentakning hayot tajribasi yoxud koʻzning ochilishiga kalit. Koʻzoynakdan qutulishУспех на вашу голову и как его ибежатьБольшая книга о новой жизниЭнергетическая клизма, или триумф тети Нюры из ПростодыровоТайна здоровья и молодости, или как заразиться любовью к себеSalomatlik kaliti yoxud koʻzoynaksiz hayot sariОпыт дурака, или ключ к прозрениюMillion tekin maslahat topish yoʻli yoxud joʻjalar qayerda qishlaydi?Где зимует кузькина мат, или Как достать халявный миллион решенийTentakning tajribasi 1. Yoxud koʻzoynaksiz hayot sariОпыт дурака 1Spectrum media group2016Tentakning tajribasi 2. Oʻzlikni anglatuvchi yoʻlning kalitlariОпыт дурака 2. Ключи к самому себе2018Tentakning tajribasi 3Опыт дурака 3. Как жить и добро наживать: самостоятельное производство семейного счастья и домашних условийОпыт дурака 5: Ошибки которые совершают людиTana va ruhni tarbiyalashОбучение телу и духеHayotingizni barbod qiladigan 20 ta xato2021Maykl Rouch bilan hamkorlikda
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar