Filip Jörgensen (2002-yil 16-aprelda tugʻilgan) – shved-daniyalik professional futbolchi, Preymer-liganing „Chelsea“ klubi darvozaboni.
Klublardagi karyerasi Lomma sharida tugʻilgan Jörgensen dastlab „Mallorca“, „AD Penya Arrabal“, „Santa Catalina Atlético“, „Malmö FF“ va „GIF Nike Lomma“ jamoalari sharafini himoya qilgan. Keyinchalik 2017-yilda „Villarreal“ klubining yoshlar akademiyasiga borib qoʻshilgan. 3 yilda davomida u yerda toʻp surgan futbolchi 2020-yilga kelib Segunda B divizionidagi zaxira jamoasida faoliyatini davom ettirgan.
Jörgensen 2020-yil 18-oktyabrda „SCR Peña Deportiva“ klubiga qarshi safar uchrashuvida (0:1) katta futboldagi debyutini oʻtkazgan. 12-noyabr kuni esa u jamoa bilan shartnomasini 2025-yilga qadar uzaytirgan.
Jörgensen Villarreal asosiy jamoasidagi debyutini 2021-yilning 15-dekabrida oʻtkazgan. Darvozabon Ispaniya kubogi doirasida „Atlético Sanluqueño CF“ jamoasiga qarshi bahsning ikkinchi boʻlimida Geronimo Rullining oʻrniga maydonga tushirilgan.
Jörgensen La Ligadagi debyutini 2023-yilning 30-yanvarida „Rayo Vallecano“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Avgust oyida u toʻlaqonli ravishda asosiy jamoa futbolchisiga aylantirilgan va unga 13-raqam berilgan. 2023-2024-yilgi mavsumda u 143 ta seyv bilan La Ligada bu natija borasida birinchi oʻrinni egallagan. 2024-yil 13-iyunda u jamoa bilan shartnomasini 2029-yilgacha uzaytirgan.
2024-yilning 30-iyulida Jörgensen 20 million funt sterling evaziga Preymer-liganing „Chelsea“ jamoasi bilan yetti yilga moʻljallangan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi karyerasi Jörgensenning Shvetsiyada tugʻilgan. Otasi daniyalik, onasi shved bo'lgan. U 2021-yil may oyida Daniya terma jamoasiga oʻtishdan oldin Shvetsiyanining 16 va 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari safida toʻp surgan.
Statistikasi
+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaMahalliy kubokYevropaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarVillarreal B2020–2021Segunda División B160——1602021–2022Primera Federación140——1402022–2023Segunda División110——110Umumiy410——410Villarreal2020–2021La Liga000000002021–2022La Liga001000102022–2023La Liga201030602023–2024La Liga3600010370Umumiy3802040420Chelsea2024–2025APL00000000Umumiy7902040850
Sovrinlar Villarreal UEFA Yevropa Ligasi: 2020-2021
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Villarreal CF B futbolchilari Turkum:Villarreal CF futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Primera Federación futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Daniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar