„English Idioms in Use Advanced“ () — ingliz tilidagi idiomalar boʻyicha Felicity O'Dell hamda Michael McCarthy yozgan qoʻllanma. Ilk bor 2010-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. 2017-yilda ayni nashriyotda asarning ikkinchi nashri bosilib chiqqan. „English Idioms in Use Advanced“ qoʻllanmasiga hozirgi ingliz tilida keng qoʻllaniladigan idiomalar kiritilgan boʻlib, asar ingliz tilini oʻrta va yetuk darajada oʻzlashtirilgan til oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan. Kitob taqrizchilar tomonidan yuqori baholangan. Xususan, unda idiomalar nafaqat mavzu boʻyicha berilgani, balki ularni ishlatish kontekstlari haqida boy maʼlumotlarga ega ekanligi olqishlangan.
„English Phrasal Verbs in Use Advanced“ asari McCarthy va O'Dellning 2002-yil chop etilgan, shunchaki „English Idioms in Use“ deb nomlanuvchi asari formatida yozilgan. Keyinchalik mualliflar asarni kengaytirib, ingliz tilini turli darajada oʻzlashtirganlar foydalanuvchilar uchun alohida jildlar hozirlagan. Xususan, asarning ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun yozilgan versiyasi mavjud.
Yana qarang „English Idioms in Use Intermediate“
Manbalar
Havolalar „English Idioms in Use Advanced“ Cambdridge universiteti nashriyoti saytida
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar