Gaye Adegbalola (qizlik familiyasi Todd, 1944-yil 21-martGaye Adegbalola, All Media Guide (2007); retrieved August 2, 2008., Fredericksburg, Virjiniya shtati,AQSh) – amerikalik blyuz qoʻshiqchisi va gitarachi, o‘qituvchi, LGBT faoli hamda lesbiyan.

Hayoti 1944-yil 21-martda Virjiniya shtatining Fredericksburg shahrida jaz musiqachilari oilasida tugʻilganJohnson, Virginia. African American History in the Rappahannock Region , HistoryPoint.org. Retrieved August 2, 2008.. Gaye Boston universitetini biolog mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan, Rokfeller universitetida biokimyo sohasidaMiller, Dan. "Nothing but the blues", Washington Blade, May 28, 2004. Retrieved August 1, 2008. va Garlem kasalxonasida bakteriolog sifatida ishlagan.

1960-yillarda Gaye fuqarolik huquqlari uchun boʻlgan harakatlarda faol ishtirok etadi, ayniqsa Nyu-Yorkdagi „Black Power Movement“ va Garlem oʻzini oʻzi himoya qilish qoʻmitasida jonbozlik koʻrsatgan. Hayotining shu davrida Gaye turmushga chiqib, oʻgʻil farzand koʻrgan. 1970-yilda Gaye turmushidan ajrashgandan soʻng Fredericksburgga qaytib keladi va u yerda teatrda oʻynashni davom ettiradi hamda maktabda biologiya va kimyo fanlaridan dars bera boshlaydi. Gaye 1982-yilda Virjiniya shtatining yil oʻqituvchisi deb eʼtirof etilgan1982 State Teachers of the Year , Council of Chief State School Officers. June 26, 2008. Retrieved August 2, 2008..

70-yillarning oʻrtalarida Gaye Adegbalola Enn Rebson bilan uchrasha boshladi va Rebson qoʻshiqchiga gitara chalishni oʻrgata boshlaydiAdegbalola, Gaye; Faye, Andra; Rabson, Ann. Conan, Neal, "Saffire, Uppity Blues Women", NPR: Talk of the Nation, April 27, 2006. Retrieved August 1, 2008.. 1984-yilda Enn bilan birga ular duet tashkil qiladi. Toʻrt yil oʻtgach, ularga kontrabaschi ayol qoʻshilgandan soʻng, bu duet „Saffire – The Uppity Blues Women“ nomini oladi.

Baʼzi tanqidchilar bu jamoani hozirgi kunda anʼanaviy akustik blyuz ijro etuvchi ayollar guruhlari orasidagi eng yaxshisi deb hisoblaydilar.

1990-yilda guruhning „Middle Aged Blues Boogie“ qoʻshigʻi Uilyam Xendi (WC Handy Awards, Blues Music Awards) nufuzli blyuz marosimida „Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i“ nominatsiyasidagi eng yaxshi qo‘shiqlardan biri bo‘ldi. 90-yillar davomida Gaye milliy jamoat radiosida blyuz haqidagi dasturlarni olib borgan. Gaye saraton kasalligiga chalingan va kasallikdan davolanmoqda. 1999-yilda „Bitter Sweet Blues“ nomli birinchi yakka albomi chiqqan.

Gaye 1991-yilda oʻzining umr yoʻldoshi Suzanne Moe bilan tanishganMiller, Dan. "Nothing but the blues", Washington Blade, May 28, 2004. Retrieved August 1, 2008.. 2000-yilda Geya Adegbalola „The Advocate“ jurnalida oʻzining jinsiy moyilligini oshkor etdiLehoczky, Etelka. "Gaye Ol' Time - blues singers Gaye Adegbalola", The Advocate, February 15, 2000. Retrieved August 1, 2008..

Manbalar

Turkum:Afro-Amerika fuqarolik huquqlari faollari Turkum:Amerikalik gitarachilar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Amerikalik qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1944-yilda tugʻilganlar Turkum:21-martda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar