Kokos yogʻi – kokos palmasi mevasining yadrosi, eti va sutidan olinadigan isteʼmol qilish mumkin boʻlgan yogʻdir. Kokos yogʻi taxminan 25 °C (77 °F) dan past haroratda oq qattiq yogʻ holatga keladi. Undan yuqori haroratda tiniq suyuq yogʻ holatiga qaytadi. Tozalanmagan turlari oʻziga xos kokos yogʻi hidiga ega boʻladi. Kokos yogʻi oziq-ovqat yogʻi sifatida, shuningdek, kosmetika va kir yuvish vositalari ishlab chiqarish uchun sanoat maqsadlarida ishlatilinadi. Ushbu yogʻ oʻrta zanjirli yogʻ kislotasiga boy.
Uning yuqori miqdordagi toʻyingan yogʻ miqdori tufayli, koʻplab sogʻliqni saqlash idoralari kokos yogʻining oziq-ovqat sifatida isteʼmolini cheklashni tavsiya etadi.
Ishlab chiqarish Kokos yogʻi nam yoki quruq usul orqali olinishi mumkin. Kokos yogʻi ishlab chiqarishning samarasi past ammo oddiyroq usuli kokosning etini qaynoq suvda, quyoshda yoki past olovda isitish orqali ishlab chiqarishdir.
Nam usul
Nam usulda quritilgan kopra emas, balki xom kokosdan olingan sutdan foydalaniladi. Hindiston yongʻogʻi sutidagi oqsillar yogʻ va suvning emulsiyasini hosil qiladi. Eng qiyin qism bu emulsiyani parchalab, yogʻni ajratib olishdir. Bunga ilgari uzoq qaynatish orqali erishilgan, ammo bu usul rangi oʻzgargan yogʻni hosil qiladi va iqtisodiy jihatdan samarasizdir. Zamonaviy texnikalar sentrifugalar va oldindan ishlov berish usullaridan foydalanadi. Oldindan ishlov berishga sovuq, issiqlik, kislotalar, tuzlar, fermentlar, elektroliz, zarba toʻlqinlari, bugʻ bilan distillash yoki ularning kombinatsiyasi kiradi. Koʻplab usul va texnologiyalarga qaramay, nam jarayon quruq jarayonga qaraganda samarasi pastroq. Chunki nam usul bilan olingan yogʻ quruq usul bilan olingan yogʻga nisbatan 10–15% kamroq boʻladi. Nam usul, shuningdek, uskunalar va energiyaga sarmoya kiritishni talab qiladi va yuqori kapital va ekspluatatsion xarajatlarni keltirib chiqaradiGrimwood et al., 1975, pp. 193–210..
Quruq usul Quruq usulda kokos eti qobiqdan ajratiladi va olov, quyosh yoki pechlar yordamida quritiladi. Kopra presslanadi yoki eritiladi. Ushbu jarayon kokos yogʻi va yuqori oqsil va tola ega massa yaratadi. Biroq, ushbu massa inson isteʼmoli uchun yaroqsiz boʻlib, oʻtxoʻr hayvonlarga ozuqa sifatida beriladi.
Kokosni toʻgʻri yigʻib olish yogʻ ishlab chiqarish samaradorligiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Yetilmagan yongʻoqlardan tayyorlangan kopradan foydalanish qiyin va undan past hosilli, sifatsiz mahsulot chiqadiGrimwood et al., 1975, p. 29..
Oddiy kokos yogʻi ishlab chiqaruvchilari 10% koʻproq yogʻ olish uchun heksan kislotasidan foydalanadi. Keyin ular yogʻni baʼzi kislotalardan tozalaydi. Bu jarayon yogʻning aynib qolishini oldini oladi. Boshqalar saqlash muddatini oshirish uchun 6% dan kam namlikka ega kopradan foydalanishadi, yoki yogʻ namligini 0,2% dan past saqlashadi. Yana bir usulda yogʻni 130–150 °C (266–302 °F) gacha qizdirilib, tuz yoki limon kislotasi qoʻshiladi.
Inson sogʻligʻiga taʼsiri Koʻplab sogʻliqni saqlash tashkilotlari kokos yogʻining yuqori miqdorda toʻyingan yogʻga egaligi tufayli uning isteʼmolidan voz kechishni tavsiya qilib keladi. Bu tashkilotlarga AQShning Food and Drug Administration (FDA), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), AQShning Department of Health and Human Services, Amerika dietologlar assotsiatsiyasi, Amerika yurak assotsiatsiyasi (AHA), Britaniya milliy sogʻliqni saqlash xizmati (NHS), British Nutrition Foundation, va Kanada Dietologlar Tashkiloti kiradi.
Manbalar