Norvegiya mushugi ( and ) Shimoliy Yevropada kelib chiqqan xonaki mushuklar zotiga mansub. Bu zot juda sovuq iqlimga moslashgan boʻlib, uning uzun junlari unga issiqlikni saqlashga yordam beradi, pastki qismi boʻlsa momiq junlardan iborat. Bu zotning ajdodlari miloddan avvalgi 1000-yillarida Vikinglar tomonidan Norvegiyaga olib kelingan kalta junli mushuklarning zoti hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Norvegiya mushugi deyarli yoʻq boʻlib ketayotgan edi; biroq Norvegiya oʻrmon mushuklari klubining naslchilik dasturi tufayli bu zotning kamayib ketish xavfi bartaraf etilgan. 1970-yillarda Karl-Fredrik Nordane bu zotga eʼtibor qaratib, uni roʻyxatga olish uchun saʼy-harakatlar qilgandan soʻng, ushbu zot Yevropa Xalqaro Mushuklar Federatsiyasi (Fédération Internationale Féline) tomonidan rasman tan olingan. Bu zot Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Islandiya va Fransiyada juda mashhur.
Tarixi Kelib chiqishi
Norvegiya mushugi Norvegiya sovuq iqlimida yashab qolishga moslashgan. Uning ajdodlari orasida miloddan avvalgi 1000-yildan keyin Vikinglar tomonidan Buyuk Britaniyadan Norvegiyaga olib kelingan sovuqqa moslashgan qora va oq britaniyalik kalta junli mushuklar bo'lishi mumkin deb tahmin qilinadi. Shuningdek, XIV asrda Salibchilar tomonidan Norvegiyaga olib kelingan uzun junli mushuklar ham uning ajdodlaridandir. Bu mushuklar yovvoyi mushuklar bilan koʻpayib, vaqt oʻtishi bilan hozirgi Norvegiya zotiga aylanib ketgan deb e'tirof etiladi.
Baʼzi yozuvchilarning taxminiga koʻra, norvegiya mushuklarini VIII asrda Vikinglar Kaspiy dengizi qirgʻoqlaridan kemiruvchilarga qarshi kurashish maqsadida olib kelishgan.
Zotning rivojlanishi
Norvegiya mushuklar zoti 1938-yilda birinchi marta koʻrgazmada namoyish etilgan; shu yili Norvegiyada birinchi naslli mushuklar klubi ham tashkil topgan. Seleksionerlar ushbu mushukning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida naslchilik dasturini ishlab chiqqan. Darhaqiqat, bu turning yashab qolishi xavf ostida bo'lgan, ammo mushuklarni tabiiy muhitga qoʻyib yuborish orqali kalta junli hayvonlarning omon qolish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishgan.
Rasmlar
Yana Maine-coon Sibir mushugi
Manbalar
Turkum:Mushuk zotlari Turkum:Mushuklar