Manija Dalerovna Sangin (Hamrayeva; 1991-yil 8-iyul, Dushanbe), Manija nomi bilan tanilgan – rus qoʻshiqchisi, musiqachi, qoʻshiq muallifi, musiqiy videokliplar rejissyori, oiladagi zoʻravonlikka qarshi kurash sohasidagi jamoat arbobi. „Yevrovidenie-2021“ xalqaro qoʻshiq tanlovi ishtirokchisi, „Podi jizn“ xayriya jamgʻarmasi elchisi (2019-yil dekabrdan), BMT Qochqinlar ishlari boʻyicha agentligining birinchi Rossiyalik xayrihoh elchisi (2020-yil dekabrdan).

Perviy kanalning jonli efirida oʻtkazilgan dasturda tomoshabinlar SMS-ovoz berish natijalariga koʻra, Rotterdamda boʻlib oʻtgan 65-Xalqaro „Yevrovidenie-2021“ qoʻshiq tanlovida „Rusian Women“ qoʻshigʻi bilan Rossiyani himoya qildi va finalda 9-oʻrinni egalladi,

Hayoti Bobosi Toji Usmonov tojik yozuvchisi va jurnalisti boʻlib, Xoʻjanddagi koʻcha uning nomi bilan atalgan va yodgorlik oʻrnatilgan. Katta buvisi Oʻrta Osiyoda paranjisini yechib, ishlashini eʼlon qilgan birinchi ayollardan biri boʻlgan. Shu munosabat bilan katta buvisining bolalari tortib olingan. Onasi Najiba Usmonova birinchi maʼlumoti boʻyicha yadro fizigi, ikkinchisi boʻyicha psixolog, oʻzining Modardesigns kiyim dizayni firmasiga ega. U Manija jamoasining kostyumlarini tikadi va videolarni yaratishda yordam beradi. Manijaning ota-onasi ajrashgan. Otasi shifokor boʻlib, qizining tanloviga xavotir bilan qaragan: „Men musulmon oilasida tugʻilganman, u yerda ayol kishi biror narsa qilishi umuman qabul qilinmagan, qoʻshiqchi boʻlish esa umuman sharmandalikdir“. Buvisi psixiatr. Aynan u Manijaga ishondi va musiqa bilan shugʻullanishi kerakligini aytdi. Sangin familiyasini buvisidan olgan. Manijaning besh aka-uka va opa-singillari bor. Opa-singillardan biri Munisa Usmonova Rossiya televideniyesida „Perviy kanal“ muxbiri.

1994-yilda Tojikiston fuqarolar urushi paytida oilaning uyiga snaryad tushdi. Manija oilasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtdi, u yerda keyinchalik musiqa maktabida pianino sinfida tahsil oldi. Bir yildan soʻng universitetni tark etdi va xususiy vokal oʻqituvchilari bilan shugʻullana boshladi. 14 yoshida Rossiya fuqaroligini oldi . Moskvadagi Rossiya davlat gumanitar universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan.

Diskografiyasi

Albomlari AlbomlariSessiya ishtirokiRuKolaPrenebregayuVeter Entertainment2008AssaiOM2011Krip De ShinKrip De Shin2012Andrey Samsonov va Laska OmniaCelestial2013ManizhaManuscriptThe Orchard (New York, USA)2017Mixail MishenkoCore2014ManizhaYaIAM2018ManizhaWomanizha (EP)2019ManizhaRussian Woman Show feat. Kiril Rixter & OpensoundOrchestra (Live, EP)2021

Mukofotlari YilPremiyaNominatsiyaNatijaEslatma2020MTV Europe Music AwardsLuchshiy rossiyskiy ispolnitel Manbalar

Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Dushanbeda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar