Abu Bakr Ahmad Musliyar (; 1931-yil 22-mart, Kerala, Kantapuram) – hindistonlik ulamo, voiz, adib, mudarris, Butunhindiston musulmon ulamolar uyushmasining Bosh kotibi, Kalikutdagi Sunniy madaniyat markazining asoschisi va raisi, Kantapuram yoshlar uyushmasining homiysi.
Hayoti Abu Bakr Ahmad Musliyar 1931-yil 22-martda Kerala shtati, Kalikut shahri yaqinidagi Kantapuram qishlogʻida tavallud topgan. Dastlab, boshlangʻich islom ilmlarini oilasida, soʻngra esa madrasa oʻrgangan. Keyinchalik Temaldon viloyati Vilur shahridagi „Baqiyyatus-solihat“ universitetiga oʻqishga kirgan va 1964-yilda diniy ilmlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan. U arab, urdu, ingliz, tamil va malayalam tillarida ijod qilgan.
Shayx Abu Bakr Ahmad 1974-yilda Kerala viloyati ulamolar kengashining maslahat majlisi aʼzosi, keyinchalik bosh kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. 1978-yil Kerala shtatida Sunniy madaniyat markazini taʼsis etadi va 1981-yilgacha shu yerda shariat kulliyasining rektori sifatida ishlagan. 1975-yilda Kerala viloyatidagi „Shabanul-muslimin“ jamiyatining bosh kotibi, 1995-yildan beri bosh raisi sifatida faoliyat yuritib keladi. Bundan tashqari u Hindiston Ahli sunna val-jamoa ulamolari jamiyatining bosh kotibi boʻlib, 2019-yildan beri Hindiston Bosh muftiysi sifatida faoliyat yuritadi.
Asarlari
„Ismatul anbiyo“ „Vahdatul Islam“ „Ittibaʼ va ibtidaʼ“ „Riyozut tolibin“ „Izhorul farah vas-surur bi miyladin Nabiyyul-mabrur“ „Siyasatul islamiyya“ „Taʼzimul akobir va ihtiromush sharoi'“ „Toriq va tasavvuf“
Mukofotlari — Iordaniya Qirollik Islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tuzilgan yillik „dunyoning 500 ta eng nufuzli musulmonlari“ roʻyxatidan oʻrin olgan.
— Eng yaxshi ijtimoiy loyiha uchun Raʼsul-Xayma Islom Akademiyasi mukofoti bilan taqdirlangan (1992).
— Hamil Al-Gaith xalqaro Qur’oni Karim mukofoti (2005).
— Eng yaxshi hind-arab shaxsiyati mukofoti (2006).
— Saudiya Arabistonida joylashgan Islom merosi institutining Islom madaniyati va merosini himoya qilishdagi xizmatlari uchun Islom merosi mukofoti (2008) .
— Malayziya qiroli Sulton Abdulla Sulton Ahmad Shahat tomonidan Islomda muhabbat tuygʻusini targʻib etishga qoʻshgan bebaho hissasi uchun Malayziya Xalqaro „Tokoh Maal Hijra“ mukofoti (2023).
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ulamolar Turkum:Voizlar Turkum:Adiblar Turkum:Mudarrislar