Marilyn E. Saviola – imkoniyati cheklanganlar huquqlari boʻyicha faoliyat yuritgan aktivist ayol. 1983-yildan 1999-yilgacha Nyu-Yorkdagi Imkoniyati cheklanganlar mustaqilligi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan. Saviola Nyu-Yorkning Manhattan shahridagi poliomiyelitdan omon qolgan nogironlar huquqlarini himoya qilish harakati orqali tanilgan hamda bu ishi uchun koʻplab mukofot va eʼtiroflarga sazovor boʻlgan.
Hayoti va taʼlimi Saviola 1945-yil 13-iyulda Manhattandagi Nyu-York shifoxonasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Peter Saviola va Camilla 'Millieʼ Saviola italyan immigrantlari boʻlgan. 1955-yilning avgustida Saviola poliomiyelit bilan kasallangan. U Willard Parker yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va ikki oy davomida sunʼiy nafas olish apparatida saqlangan. Keyinchalik, poliomiyelit unda tetraplegiyani keltirib chiqargan, shu sababli nogironlar aravachasi va sunʼiy nafas olish apparatidan foydalanishga majbur boʻlgan. Uyiga qaytish imkoni boʻlmaganligi sababli, Saviola oʻsmirlik davrida Roosevelt orolidagi Goldwater Memorial kasalxonasida yashagan. Saviola kasalxonaning yosh bemorlar boʻlimi yaratilishiga sababchi boʻlgan. U yerda bemorlar yoshiga mos kundalik yumushlar bilan birga turli tadbirlar hamda sayohatlar ham tashkillashtirilgan. Saviola Long Island universitetida tahsil olib, 1970-yilda psixologiya boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Birinchi kurslik vaqtida u va boshqa Goldwater bemorlari masofadan, telefon orqali darslarda qatnashib, pochta orqali imtixonlardan oʻtishgan. Keyinchalik Nyu-York universitetida reabilitatsiya maslahati bilan magistrlik darajasini olgan. Saviola LIUda talabalik chogʻida aktivist Judith Heumann bilan tanishgan.
Faoliyati Saviola 1970-yillar oxiri va 1980-yillar boshlaridan Goldwater Memorial kasalxonasida 11 yil davomida reabilitatsiya boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan. Goldwater Memorial kasalxonasida faoliyat yuritgan vaqtida ogʻir jismoniy nuqsonlari boʻlgan odamlarga yordam bergan va ularga kasalxona hayotidan jamiyat hayotiga oʻtishda koʻmaklashgan. 1983-yildan 1998-yilgacha Nyu-Yorkdagi Nogironlar Mustaqilligi Markazining ijrochi direktori lavozimida faoliyat olib borganApril 14, 1995 via ProQuest. U, shuningdek, Nyu-Yorklik nogironlarning jamiyat hayoti va mustaqilligini qoʻllab-quvvatlash uchun shtat qonunchiligida ham ishlagan.
Saviola nogiron ayollarning huquqlari va salomatligi masalalariga alohida qiziqish bildirgan. 1979-yilda Nyu-Yorkda oʻtkazilgan nogiron ayollarning hayotiga bagʻishlangan birinchi konferensiyada nutq soʻzlagan. Konferensiyada u bilan birga nogironlar huquqlari faollari Sandra Schnur, Maria Nardone va Frieda Zames ham ishtirok etgan. Saviolaning targʻibot ishlari natijasida 2019-yilda Bronksning Morrisania manzilidagi NYC Health + Hospitals yangi radiologiya boʻlimining ochilishi moliyalashtirilgan. Unda qulay tekshiruv stollari va mammografiya uskunalari ham mavjud.
Shaxsiy hayoti Marilyn Saviola 2019-yil 23-noyabr kuni 74 yoshida Bruklindagi uyida vafot etgan. Saviola bilan uning hayoti va faoliyati haqidagi ogʻzaki suhbat 2001-yilda yozib olingan.
Manbalar
Havolalar
Saviolaning Mustaqil Parvarishlash tizimi veb-sayti profili .
Turkum:21-asr Amerikalik ayollar Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar