Tarixi olamaroyi Aminiy (, tarjimasi: Aminiyning jahonga bezak boʻluvchi tarixi) – Fazlulloh ibn Roʻzbehxon Xunjiy tomonidan yozilgan Oq qoʻyunli konfederatsiyasi tarixi haqidagi forscha asar. Asar Oq qoʻyunlining sharqqa qarab kengayishi jarayonidan keyin yozilgan boʻlib, 1493-yilgacha yozib tugallangan.
Kitob Abulfath Mirzo Boysungʻurga bagʻishlangan. Zamonaviy davrda Vladimir Minorskiy tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Minorskiy muallifning betarafligini yuqori baholagan. Bu kitob Oq qoʻyunli sulolasi tarixi boʻyicha kam sonli asosiy manbalardan biri boʻlib, xususan, Sulton Yoqub, Sulton Xalil va Uzun Hasan davrlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.
Manbalar
Turkum:Eron haqida tarixiy kitoblar Turkum:XV asrga oid tarixiy asarlar Turkum:Fors tilidagi kitoblar