Josef Markwart (nemischa: Josef Markwart; 1864-yil 9-dekabrda Baden Buyuk Gertsogligining Rayxenbax-am-Xoyberg shahri – 1930-yil 4-fevral Berlin, Germaniya) – nemis tarixchisi va sharqshunosi. Josef turk va eron tadqiqotlari hamda Yaqin Sharq tarixi boʻyicha mutaxassis boʻlgan. Biografiyasi Encyclopædia Iranica’da qayd etilishicha, „uning [Markwartning] kitoblari chuqur va deyarli tugamas bilim xazinasi boʻlib, kitoblarning muallifi bilimdon tarixchi, filolog, geograf va etnolog ekanligi kundek ravshan“. Ensiklopediya Markwartning „Eranshahr“ (1901) asarini „hanuzgacha nufuzli manba va ehtimol, uning [Markwartning] eng muhim asari“ deb taʼriflaydi. Markwart Tyubingen universitetini tugatib, dastlab katolik ilohiyotini oʻrgangan, soʻngra klassik filologiya va tarix fanlarini oʻrgangan. 1889-yilda u sharqshunos olim Yevgeniy Primning yordamchisi sifatida faoliyat yurita boshlagan. 1892-yilda „Assyriaka des Ktesias“ nomli doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1897-yildan boshlab esa Markwart qadimgi dunyo tarixi boʻyicha maʼruzalar oʻqishni boshlagan. 1900-yilda u Leydenga (Niderlandiya) koʻchib oʻtib, Niderlandiya Milliy etnologiya muzeyida boʻlim mudiri lavozimida ishlay boshlagan. 1902-yilda Markwart Leyden universitetining Sharq tillari kafedrasiga dotsent etib tayinlangan. 1912-yilda u Berlinga koʻchib oʻtgan va Fridrix Vilgelm nomidagi Berlin universitetining eronshunoslik va armanshunoslik boʻyicha professorlik darajasini olgan. Markwart umrining soʻnggi kunigacha Berlinda dars bergan va oxirgi maʼruzasini 1930-yilda vafot etgan kuni peshin paytida oʻqigan. 1922-yilda Markwart familiyasini oʻzgartirgan. Iranica ensiklopediyasida aytilishicha, bu „uning asarlarida idiosinkraziv imlodan foydalanishga moyillik“ jumlasiga mos keladi.

Uning eng mashhur shogirdi italiyalik sharqshunos Juzeppe Messina boʻlgan. Markwart ruslarning kelib chiqishini oʻziga xos versiyasini oʻrgangan. Manbalar