Irina Aleksandrovna Allegrova (1952-yil 20-yanvar, Rostov-na-Donu) – sovet va rus estrada qoʻshiqchisi, aktrisa; Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2010).
Rossiya estradasining „malikasi“ sifatida ham maʼlum.
Uning ijrosidagi eng mashhur qoʻshiqlar orasida „Strannik“, „Ugonshitsa“, „Imperatritsa“, „Babi-stervi“ va Grigoriy Leps bilan duetda kuylangan „Ya tebe ne veryu“ singari asarlar bor.
Yoshligi Irina 1952-yil 20-yanvarda Rostov-na-Donu shahrida teatr rejissyori, aktyor, Ozarbayjon SSR va RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist, kelib chiqishi arman Aleksandr Grigorevich Sarkisov-Allegrov oilasida tugʻilgan(1915-1994)Allegrova Irina / Stilnoe radio „PeresFM“ . Onasi, Serafima Mixaylovna Sosnovskaya (1923-2012) – aktrisa va qoʻshiqchi. Irina yoshligini Rostov-na-Donu shahrida oʻtkazdi.
1961-yilda oila Bokuga koʻchib oʻtadi. Ota-onasi Boku musiqali komediya teatrida ishlaydi. Ularning uyida Mstislav Rostropovich, Galina Vishnevskaya, Aram Xachaturyan, Muslim Magomayev, Tatyana Shmiga va boshqalar boʻlgan. Bokuga kelgach, Allegrova umumiy oʻrta taʼlim maktabining ikkinchi sinfini va musiqa maktabining birinchi sinfini tamomlagan va kirish imtihonlarida Iogann Sebastyan Baxning asarini ijro etgan. Irina darhol Boku konservatoriyasi qoshidagi Markaziy musiqa maktabining (SMM) fortepiano sinfi boʻyicha (mutaxassisligi – pianinochi-konsertmeyster) uchinchi sinfiga qabul qilinadi va u bitiruv imtihonida Raxmaninovning ikkinchi konsertini ijro etib, uni tugatadi. Musiqa maktabi bilan bir vaqtda balet toʻgaragiga qatnaydi, kiyim-kechak eskizlarini chizadi.
1969-yilda maktabni tugatadi, ammo kasalligi tufayli Boku konservatoriyasining ijrochilik fakultetiga kirish imtihonlarini oʻtkazib yuboradi. Manbalar
Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Bastakorlar Turkum:Shoiralar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar