„I Love You So“ Amerika indie-pop guruhi The Walters tomonidan ijro etilgan qoʻshiq hisoblanadi. U 2014-yil 28-noyabrda guruhning ilk albomi „Songs for Dads“dan joy olgan. 2021-yilda ushbu qoʻshiq TikTok ijtimoiy tarmogʻida juda keng tarqalib, yarim milliondan ortiq koʻrishlar soniga erishdi va Spotify platformasida 1 milliarddan ziyod tinglashlar qayd etildi. Qoʻshiq 2021-yildagi guruhning qayta birlashuvidan soʻng, 2022-yil may oyida chiqarilgan ularning birinchi mini-albomi „Try Again“ tarkibiga kiritildi.

Kelib chiqishi 2017-yilda guruh Lollapaloozada chiqish qildi, soʻngra ular guruhning vaqtincha tarqalib ketganini eʼlon qilishdi. 2021-yilning oʻrtalarida qoʻshiq TikTokda ommalasha boshladi, aynan shu paytda guruh aʼzolari qayta aloqa oʻrnatib, Warner Records bilan shartnoma imzoladilar. Guruh matbuot bayonotida aytdi: „’I Love You Soʻ qoʻshigʻi bizning karyeramizni boshlab bergan edi, endi esa bu qoʻshiq guruhni qayta birlashtirishga sabab boʻldi“. TikTokdagi mem haqida guruh Variety jurnali bilan suhbatda shunday izoh berdi: „Bu koinotdan kelgan ishora edi. Bu qoʻshiqning hayotimizga qayta-qayta kirib kelishining sababi bor. TikTokda keng tarqalishi esa, shubhasiz, bizga ’Mayli, yana bir bor urinib koʻraylik va bundan imkon qadar koʻproq naf olishga harakat qilaylik’ degan fikrni uygʻotish uchun kerak boʻlgan qoʻshimcha turtki boʻldi“.

Kontenti Warner Records bosh direktori Aaron Bay-Schuck Billboard nashriga bergan intervyusida shunday dedi: „I Love You So“ — bu „ajoyib qoʻshiqning mukammal va zamonaviy namunasi, […] Qoʻshiq birinchi marta tinglanganda esda qolarli, shuning uchun u xit qoʻshiq darajasiga chiqgani ajablanarli emas.“

Remiksi 2022-yil yanvar oyida guruh King Henry bilan yangi remiks versiyasini chiqardi.

Ishtirokchilar va xodimlar The Walters Charlie Ekhaus — barabanlar, sozlash, aralashtirish, prodyuser Walter Kosner — gitarachi, prodyuser Luke Olson — bosh vokalist, prodyuser MJ Tirabassi — yordamchi vokalist, prodyuser Danny Wells — bass, prodyuser

Qoʻshimcha musiqachilar Aaron Aptaker — klavishli musiqa asboblari ijrochisi

Chiqarilish tarixi + „I Love You So“ chiqarilish tarixi Hudud Sana Format Leybl Aksariyat hududlarda 28-Noyabr, 2014-yilRaqamli yuklab olish Italiyada 23-Noyabr, 2021-yil Radio Warner AQSHda 18-Yanvar, 2022-yil

Manbalar

Turkum:Musiqa Turkum:2014-yil qoʻshiqlari Turkum:28-noyabrda tugʻilganlar