Salola xalqaro aeroporti – Ummon Sultonligining ikkinchi yirik aeroporti. Maskat xalqaro aeroportidan keyingi oʻrinda turadi. Zufor muhofazasining Salola qirgʻoqboʻyi hududida, Salola shahar markazidan shimoli-sharqda joylashgan. Aeroportda mintaqaviy yoʻnalishlarga parvozlar, shuningdek, Yevropadan bir nechta qitʼalararo charter xizmatlari mavjud. Yaqinda aeroport menejment va xizmat koʻrsatish sohasidagi mukammalligi uchun Skytrax 5 yulduzli mintaqaviy aeroport reytingida gʻolib chiqdi.
Tarixi Dastlabki davri
Salolada aerodrom 1935-yil Ummon Sultonligini qoʻllab-quvvatlash uchun Britaniya qirollik harbiy havo kuchlari tomonidan tashkil qilingan. U yerdagi samolyotlardan 1954—1957-yillardagi Jabal Axdar urushi hamda 1962- va 1976-yillarda Zufor urushida foydalanilgan. 1977-yilda britaniyaliklar RAF Salolani tark etadi.
Salola aeroporti 1977-yilda fuqarolik obyekti sifatida faoliyat boshlaydi. Dastlab faqat Maskatdan ichki reyslarni va BAA yoki Qatarga bir nechta charter reyslarini amalga oshirgan. Ummon havo xizmatlari (OAS) Salolaga 1982-yilda xizmat koʻrsatishni boshladi va Oman Airning ilk reysi 1993-yil aprel oyida Maskatdan keldi. Fuqarolik aeroporti bilan birgalikda Ummon Qirollik havo kuchlarining RAFO Salola nomli harbiy aviabazasi joylashgan.
2003-yilda Salola aeroporti xalqaro aeroport maqomini oldi. Shu yili Oman Air Dubaydan Salolaga muntazam qatnovlarni boshladi, bu esa yoʻlovchilar oqimi oshishiga olib keldi. Ayni paytda boshqa aviakompaniyalar faqatgina Xarif mavsumida qatnovlarni amalga oshirar edi. Keyingi yil Air India Kojikodega, keyin esa Cochinga parvozlarni yoʻlga qoʻydi va Salolaga mavsumiy boʻlmagan xalqaro reyslarni amalga oshiruvchi birinchi aviakompaniyaga aylandi. 2003-yildan beri aeroportda yoʻlovchilar oqimi va fuqarolik parvozlari soni koʻpayib bormoqda. Hudud ham mahalliy aholi, ham xorijliklar uchun mashhur sayyohlik yoʻnalishi hisoblanadi, ayniqsa iyuldan sentyabrgacha Osiyo mussoni Xarif mavsumining boshlanishi bilan mintaqaga kirib, uni odatiy qurgʻoqchil koʻrfaz mintaqasidan gʻayrioddiy jozibali joyga aylantiradi. Ayni paytda mamlakatning ikkinchi muhim aeroporti hisoblanadi.
2000-yillardan beri rivojlanishi 2011-yilda yangi zamonaviy Salola aeroporti uchun rejalashtirish va qurilish ishlari boshlandi. Ushbu harakat Transport va kommunikatsiya vazirligi tomonidan shaharning turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda shaharga va shahardan uchib ketayotgan yoʻlovchilar oqimiga xizmat koʻrsatish maqsadida qilingan. Xalqaro aeroportni yakunlash uchun 20 dan ortiq turli qurilish kompaniyalari bilan qiymati 854 million dollarga teng shartnomalar imzolandi. COWI A/S-Larsen qoʻshma korxonasi loyihada bosh konsultant boʻldi, keyinchalik qoʻshma korxona HILL INTERNATIONAL LLC tomonidan almashtirildi.
Salola aeroporti birinchi bosqichda bir million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan edi. Yangi aeroport uchun ikkinchi, uzunligi 4 km boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi ham qurilishi hisobga olingan. Aeroportning hozirgi uchish-qoʻnish yoʻlagi ham eng katta samolyotlarni qabul qilish uchun kengaytiriladi, shuningdek, shimolda yangi parallel taksi yoʻli quriladi. Xalqaro aeroportda shuningdek, 65 000 m² yoʻlovchi terminali binosi boʻlib, 3000 tagacha avtomobil uchun avtoturargoh va 57 metr balandlikdagi ATC minorasi boʻladi.
Aeroportning dizayni kelajakdagi rivojlanish loyihalarini hisobga oladi va agar kerak boʻlsa, yiliga olti milliongacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkonini beradi.
Salolaning yangi aeroporti 2015-yil iyun oyida ishga tushdi, Oman Air aviakompaniyasi Maskatdan parvozni amalga oshirib, yangi aeroportga kelgan birinchi aviakompaniyaga aylandi. Biroq, yangi aeroport rasman 2015-yilning noyabr oyida ochildi. Yangi aeroportning janubida joylashgan eski aeroport shundan soʻng ichki va favqulodda aeroportga aylantirildi.
Infratuzilmasi Yangi xalqaro aeroport eski aeroportga qaraganda koʻproq infratuzilmaga ega. OAMC bilan hamkorlikda xususiy kompaniya tomonidan yangi Duty Free xizmati ishga tushirildi. Koʻplab oziq-ovqat peshtaxtalari ochilganidan beri xizmat koʻrsatmoqda. Oman Air aviakompaniyasi yangi terminalda havo tomoni va darvozalari qarshisida Gold va Silver Sinbad xizmat kartalari egalari boʻlgan biznes klass, birinchi klass va ekonom klass yoʻlovchilari uchun yangi zalni joylashtirdi. Aeroport yoʻlovchilar orasida samarali dam olish xonasi va Duty Free xizmatlarini taqdim etayotgani reytingiga ega. Yangi aeroportda konditsionerli toʻrtta aerokoʻprik mavjud. Yangi terminal nafaqat shahar turizmini, balki mahalliy va xalqaro yoʻlovchilar oqimini ham rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Statistikasi Yil Jami yoʻlovchilar soni Jami yuklar, jumladan pochta (tonnada) Jami fuqarolik parvozlari soni2020386,107 743 3,38420191,365,854 1,395 11,8862018 1,386,994 979 15,518 20171,485,635 1,327 17,51120161,198,846 1,563 10,70320151,027,578 1,350 10,293 2014 841,970 1,799 8,571 2013 746,994 1,417 7,944 2012 629,305 1,335 6,175 2011 513,278 1,366 5,520 2010 455,297 1,283 5,085 2009 426,503 1,284 5,045 2008 407,788 1,129 4,248 2007 337,679 1,110 4,079 2006 288,700 1,441 4,215
Manbalar
Havolalar
OpenStreetMap – Salalah Salalah Airport Information Traffic Statistic Sep 2016 Traffic Statistic 2018 Salalah & Muscat Annual Report 2017 MOTC for Reference
Turkum:Ummon aeroportlari