Jamali Kuchikoevich Ikanovich (; 1965-yil 8-iyulda tugʻilgan) – sovet va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan. Murabbiy faoliyati davomida bir qa jamoalarda darvozabonlarni tayyorlovchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
Biografiyasi
Futbolchilik faoliyati Osetiya futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Mehnat faoliyatini 1983-yilda Nukusning Amudaryo jamoasida boshlagan. 1986-yilda Nart jamoasi safiga qoʻshilgan. 1987-yilda u Qaragʻandining „Shaxtyor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 1988-yilgi mavsumda Jamali Grozniyningning „Terek“ klubiga oʻtgan. 1989-yilda Vladikavkazning „Spartak“ jamoasi safida oʻynagan. 1992-yilgi mavsum Lipetskning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
1993-yil 14-aprelda „Nart“ jamoasiga qarshi oʻyinda (5:0) u faoliyatidagi yagona golni kiritgan (oʻyinning 85-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan)Protokol matcha „Metallurg“ (Lipesk) – „Nart“ (5:0). 1996-yilda Anapaning „Spartak“ klubiga oʻtgan. 1997-yilda Irkutsk Zvezda jamoasi sharafini himoya qilgan. 1998-yilda Chkalovets klubi bilan shartnoma imzolagan. 2000-yil fevral oyida u Shchelkovoning „Spartak“ klubi tarkibiga qoʻshilgan. Oʻsha yilning yozida Chkalovets-Olimpiya jamoasiga koʻchib oʻtgan. Faoliyatini 2002-yilda Luchada yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati 2006-yildan 2008-yilgacha Ikanovich Irkutskning „Zvezda“ klubida darvozabonlar murabbiy boʻlgan. Zvezda klub faoliyati tugatilgach, Jamali Salyut-Energiya klubining murabbiylar shtabida ishlagan. 2010—2013-yillarda Lipetskning „Metallurg“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2014-yilda u Baykal jamoasida darvozabonlar murabbiyi etib tayinlanganSostav irkutskoy futbolnoy komandi „Baykal“ popolnilsya novimi imenami 2016-yil fevral oyida klubni tark etgan va Chita jamoasida ham xuddi shunday lavozimni egallaganFK „Baykal“ teryaet v den po futbolistu.
Yutuqlar
Birinchi liga gʻolibi: 1990-yil Ikkinchi divizionning Sharqiy zonasi kumush medali sohibi: 1998-yil Uchinchi liganing 1-zonasi gʻolibi: 1996-yil
Shaxsiy hayot Jamalining oʻgʻli Devid (1989-yilda tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan va darvozabon ampulasida oʻynagan.
Manbalar
Havolalar
Jamali Ikanovich Sportbox.ru saytida Jamali Ikanovich Transfermarkt saytida Jamali Ikanovich Footballfacts.ru saytida
Turkum:8-avgustda tugʻilganlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Vladikavkazda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:FC Nart Cherkessk futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:FC Ahmat Grozniy futbolchilari Turkum:FC Metallurg Lipetsk futbolchilari Turkum:FC Spartak-UGP Anapa futbolchilari Turkum:FC Zvezda Irkutsk futbolchilari Turkum:FC Spartak Shchelkovo futbolchilari Turkum:FC Sibir Novosibirsk futbolchilari Turkum:FC Chkalovets-Olimpiya futbolchilari Turkum:FC Luch Vladivostok futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari