Xolid ibn Valid jome masjidi – Andijon viloyati, Asaka shahrining eng gavjum va markaziy hududida joylashgan masjid. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi Masjidiga 1991-yilda asos solingan. Masjid poydevori 1991-yil 23-aprel kunidan boshlab qurila boshlagan. Qurilish ishlari Asaka tumani xalqining hashar yoʻli bilan barpo etilgan. Masjidda qurilish ishlari eng zamonaviy koʻrinishda olib borilgan. 2014-yilda esa „Xolid ibn Valid“ jome masjidida zamonaviy jihozlangan hojatxona va tahoratxonalar ishga tushirilgan. Xonaqoh ichiga boshidan oxirigacha bir xilda yozilgan gilamlar kishining tabiatini ochib yuboradi. Sahniga marmar toshlar yotqizilgan. Masjidda hozirga qadar tinimsiz ravishda qurilish va qayta taʼmirlash ishlari olib borilmoqda..
Masjidning umumiy maydoni – 2400 kv.metr. Masjidning nomi mashhur sahoba, dongʻi ketgan mohir sarkarda Xolid ibn Valid nomiga qoʻyilgan.
Hozirda Shahobiddin domla Parpiyev masjid imom-xatibi vazifasida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Manbalar