Pavel Pavlovich Marakulin (1937-yil 20-may, Gorkiy – 2017-yil 9-yanvar, Kirov) – sovet va rus shoiri, nosiri, jurnalisti. 1971-yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Biografiyasi 1937-yil 20-mayda Gorkiy shahrida avtomobil zavodining ishchisi oilasida tugʻilgan. Pavel Marakulinning bolalik davri Petreni qishlogʻida oʻtgan, urush paytida esa Verxodvore qishlogʻidagi buvisinikida yashagan. U Kirov viloyatining Murashi tumanidagi Starovercheskaya stansiyasida yetti yillik maktabni tugatgan. O‘rmon xoʻjaligida ishlab, kechki ishchi yoshlar maktabida tahsil olgan, soʻngra Kirovdagi hunar bilim yurtida oʻqigan va zavodda elektr montajchisi boʻlib ishlagan. Sovet armiyasidagi xizmatdan soʻng zavodga qaytib kelgan. Televideniye va gazetada faoliyat yuritgan. Keyinchalik, Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirib, uni tamomlagan. Ilya Selvinskiyning ijodiy seminarida ishtirok etganLiteraturniy Kirov: Pisateli Vyatskoy zemli. – Kirov: Kirovskoe otdelenie Volgo-Vyatskogo kn. izd-va, 1972. – [Pavel Pavlovich Marakulin]. S.50—52. – 64 s. .
1966-yilda Selvinskiyning yoʻl-yoʻriq soʻzi bilan „Snegiri“ nomli she’rlar toʻplamining birinchi kitobi chop etildi. 1970-1980-yillarda uning kitoblari Kirov, Gorkiy va Moskvadagi „Sovremennik“ nashriyotida („Dom pod zvyozdami“ nomli kitob ham shular jumlasidan) nashr qilindi. Shuningdek, lirik nasr asarlarini ham eʼlon qildi („Tixaya rodina“ toʻplami).
1971-yildan boshlab SSSR Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan. 1981-yilda esa KPSS saflariga qoʻshilganYevgeniy Dmitrievich Petryaev: Biobibliograficheskiy ukazatel. Gosarxiv Kirovskoy oblasti. – Kirov, 2005. – S. 48-49 [1981 god. O priyome P. P. Marakulina v chleni KPSS].; 80 s..
1992-yilda „U medvedya vo boru“ nomli qoʻziqorinlar haqidagi kitob, 2007-yilda esa „Za oknami Dimkovo“ deb nomlangan tanlangan asarlar toʻplami chop etildi. Pavel Pavlovich Marakulin yigirmaga yaqin she’riy va lirik nasr kitoblarining muallifidir. Pavel Marakulin „Dom na reke detstva“ kitobi uchun N. A. Zabolotskiy nomidagi Butunrossiya mukofotiga sazovor boʻlgan.
2017-yil 9-yanvarda Kirovda vafot etdi.
Manbalar
Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:20-mayda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari