Artiqov Dilmurod Raxmatillayevich – oʻzbek huquqshunosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
Hayoti Dilmurod Artiqov 1988-yilda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va Nagoya universitetini tamomlagan, 2014-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini yakunlagan. Yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va dotsent unvoniga ega. Faoliyatini 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi sifatida boshlagan. 2015-2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida katta oʻqituvchi, shuningdek, Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan. 2022-yildan esa Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida faoliyatini boshlagan. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar