Igor Stanislavovich Omelchenko (; 1963-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) – sovet va rossiyalik sobiiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

Biografiya Igor yoshlik davrida „Pomir“ klubining oʻrinbosarlari jamoasida va Olimpiya zaxiralari markazi jamoasida (Dushanbe) oʻynagan. Tojikiston SSR terma jamoasi tarkibida 1983-yil SSSR xalqlari Spartakiadasida ishtirok etgan. 1983-yildan SSSR ikkinchi ligasida ishtirok etgan „Xiva“ va „Paxtakor“ (Qoʻrgʻontepa) klublari tarkibida ustalar ligasida oʻynagan.

1987-yil iyun oyida „Pomir“ klubiga qaytgan SSSR birinchi ligasi musobaqalarida oʻynagan. 1988-yilda Igor Pomir klubi bilan birinchi ligada gʻolib chiqqan. Mavsum davomida beshta oʻyinda ishtirok etgan. 1989-yil 30-martda „Pomir“ safida SSSR oliy ligasidagi yagona oʻyinni Minskning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan.

1989-yilning aprel oyida „Neftyanik“ (Fargʻona) jamoasiga tarkibiga oʻtgan va jamoa bilan ikkinchi liganing zona turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Keyinchalik esa ikkinchi quyi liganing „Regar-TadAZ“ (Tursunzoda) va „Kuban“ (Timashevsk) klublarida toʻp surgan. SSSR parchalanganidan keyin u bir mavsumni Ukrainaning birinchi ligasida ishtirok etgan Poltavaning „Vorskla“ jamoasida oʻynagan. 1993—2001-yillar oraligʻida Rossiyaning quyi ligalarida ham oʻynadi. 1995-yilda u havaskorlar oʻrtasida Rossiya chempioni boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Igor Omelchenko Footballfactsru saytida Igor Omelchenko Transfermarkt saytida

Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Xiva klubi futbolchilari Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:Sport FK Tallinn futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:FC Izumrud-Neftyanik futbolchilari Turkum:Belorechensk Ximik FK futbolchilari Turkum:FC Vorskla Poltava futbolchilari Turkum:Slavyansk-na-Kuban Niva" FK futbolchilari