Osim ibn Umar ibn al-Xattob (; –689) – ikkinchi Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattob va Jamila binti Sobitning oʻgʻli, muhaddis.

Hayoti Osim ibn Umar Muhammadning sahobalaridan biri, ikkinchi Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattobning oʻgʻli boʻlgan. Onasi ham sahobalardan edi.

Osimning otasi Umar Makkaning Banu Adiy urugʻidan boʻlgan. Onasi Jamila Madinadagi Banu Avs qabilasining Amr ibn Avf urugʻidan Sobit ibn Abu al-Afloh va Shomus binti Abu Amirning qizi ediMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 204. London: Ta-Ha Publishers.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 7, 235, 236. London/Ta-Ha Publishers.. Uning ukasi Osim ibn Sobit Badr jangida ishtirok etganlar orasida boʻlganIbn Saad/Bewley vol. 3 p. 362.Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 235.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarik al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam, p. 95. Albany: State University of New York Press.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarik al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Smith, G. R. (1994). Volume 14: The Conquest of Iran, pp. 100-101. Albany: State University of New York Press.But see Bukhari 4:52:281 and similar traditions, where Asim ibn Thabit is described as the „grandfather“ of Jamilaʼs son Asim. According to the biographical traditions, they should have been uncle and nephew..

Jamila binti Sobit Madinada birinchi boʻlib islomni qabul qilganlardan edi. U va onasi 622-yilda Muhammadga bay’at qilgan birinchi oʻn nafar ayollar qatorida boʻlishganIbn Saad/Bewley vol. 8 p. 7.. Asl ismi Asiya (itoatsiz) ekanligini eshitgan Muhammad uning ismini „Yoʻq, sen Jamilasan“ (goʻzal) deya oʻzgartirganIbn Saad/Bewley vol. 3 p. 204..

Oradan taxminan besh yil oʻtib, 627 va 628-yilning may oylarida Jamila Umarga turmushga chiqqanTabari/Fishbein vol. 8 p. 95. va Osim ibn Umarni dunyoga keltirganMalik ibn Anas. Al-Muwatta 37:6.Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 204.Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 236.Tabari/Fishbein vol. 8 p. 95.Tabari/Smith vol. 14 pp. 100-101..

Keyinchalik, Jamila Yazid ibn Jariyaga turmushga chiqqan va Abdurahmon ismli oʻgʻil koʻrganTabari/Fishbein vol. 8 pp. 94-95.Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 236..

Muhammad vafot etganida Osim toʻrt yoshda, xalifa Abu Bakr Siddiq vafot etganida esa olti-yetti yoshda edi. Abu Bakrning vafotidan keyin (634) otasi Umar Roshidunning navbatdagi xalifasi etib tayinlangan.

Muhim voqealar Osimning otasi Umar 634-yilda xalifalikka tayinlangan. Umar davrida xalifalik hududi misli koʻrilmagan darajada kengayib, Sosoniylar va Vizantiya imperiyasining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini boshqargan. Umar tarixdagi eng qudratli va nufuzli musulmon xalifaga aylangan, ammo qudratining eng yuqori choʻqqisida, 644-yilda Abu Lu’lua Firuz ismli fors quli tomonidan oʻldirilgan. Unga suiqasd sabablari aniq emas. Otasi vafot etganida Osim hali juda yosh boʻlgan.

Umarning vafotidan keyin musulmonlar jamiyati Roshidunning navbatdagi xalifasi etib Usmonni tayinlashgan. Usmon xalifalikni 644-yildan 656-yilning 17-iyuniga qadar boshqargan. Usmondan keyin hokimiyat 656-yilda Roshidunning navbatdagi va oxirgi xalifasi Aliga oʻtgan. Alining hukmronligi 661-yilga qadar davom etgan. Alining bevaqt oʻlimidan keyin oʻgʻli Hasan ibn Ali uning oʻrniga xalifa etib tayinlangan, biroq u Suriya hokimi Muoviya I ning foydasiga taxtdan voz kechgan va kelishuv asosida fuqarolar urushini toʻxtatgan. Muoviya I navbatdagi yangi xalifa sifatida tan olingan, bu esa Roshidun xalifaligining tugashi va Umaviylar xalifaligining boshlanishi edi. Keyinchalik, Muoviya I ning oʻrniga uning oʻgʻli Yazid I, undan keyin Muoviya II, 684-yilga kelib esa Marvon I Muoviya II ning bevaqt oʻlimi sabab xalifalikka tayinlangan.

Osim ibn Umar Umaviylar xalifasi Abdulmalik hukmronligi davrida, 689-yilda vafot etgan.

Oilasi Farzandlari:

Hafs ibn Osim birgina „Sahih al-Buxoriy“da oʻn bir hadis rivoyat qilgan. Umar ibn Osim, uning Ummu Miskin binti Umar ismli qizi boʻlgan. Ummu Miskin binti Umarning Abu Molik ismli ozod qilingan bir quli boʻlganSahih Bukhari . Ummu Osim Laylo binti Osim – Umaviy xalifasi Umar II ning onasi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Umar Turkum:Tobeinlar Turkum:628-yilda tugʻilganlar Turkum:689-yilda vafot etganlar