Spiral model xavfga asoslangan Dasturiy taʼminot ishlab chiqish jarayoni modelidir. Maʼlum bir loyihaning oʻziga xos xavf koʻrsatkichlariga asoslanib, spiral model jamoani inkremental, sharshara, yoki evolyutsion prototiplash kabi bir yoki bir nechta jarayon modellarining elementlarini qoʻllashga yoʻnaltiradi.

Tarixi Ushbu model dastlab Barry Boehm tomonidan 1986-yildagi „Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va takomillashtirishning spiral modeli“ nomli maqolasida tavsiflab berilgan. 1988-yilda Boem keng auditoriyaga moʻljallangan shunga oʻxshash maqolani nashr etdi.

Spiral modelning olti oʻzgarmas qoidasi Spiral modelning asl qoʻllanilishi har doim oltita xususiyatni namoyon etadigan sikllarga asoslanadi. Boehm ularning har birini oʻzgarmas qoidani buzadigan „xavfli spiral koʻrinishidagi aldamchi namuna“ misoli bilan koʻrsatib beradi]].

Artefaktlarni bir vaqtning oʻzida aniqlash Loyihaning asosiy artefaktlarini ketma-ket aniqlash koʻpincha manfaatdor tomonlarning „gʻalaba qozonish shartlari“ga (maqsadlar va cheklovlar) mos keladigan tizimni ishlab chiqish imkoniyatini oshiradi.

Manbalar

Turkum:Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayoni