Rodolfo Sergio Rodríguez Rodríguez (, 1956-yil 20-yanvar Montevideo) – urugvaylik sobiq professional futbolchi. Rodríguez 1976 va 1986-yillar orasida 78 ta xalqaro uchrashuvda Urugvay milliy terma jamoasi safida oʻynagan.
Uning yosh futbolchi sifatidagi faoliyati 1971-yil Cerro klubida boshlangan, ammo 1976-yilda Nacionalga koʻchib oʻtgan.
Nacionalda Rodríguez professional faoliyatini 1976-yilda boshlagan. Rodríguez klub safida 1984-yilgacha oʻynagan, 1977, 1980 va 1983-yillarda Urugvay chempionatida, 1980-yilda Libertadores kubogi va 1980-yilda Qitʼalararo kubokda gʻolib boʻlgan.
1984-yilda Rodríguez Braziliyaning „Santos“ klubiga qoʻshilgan. Rodríguez 1984-yilda Santos klubi bilan Campeonato Paulista chempionatida gʻolibi boʻlgan. Rodríguez 1987-yilgacha „Santos“ klubda qolgan.
Rodríguez keyinchalik Sporting klubiga oʻtgan, ammo u yerda faqat bir mavsum (1988—1989) oʻynagan. 1990-yilda Associação Portuguesa de Desportos klubida oʻynash uchun Braziliyaga qaytgan. Ikki yil oʻtgach, Rodríguez "Associação Portuguesa de Desportos klubini tark etgan va Bahia klubiga qoʻshilgan va 1993 va 1994-yillarda ikki marta Bahia shtati chempionligini qoʻlga kiritgan.
Rodolfo Rodríguez Urugvay milliy futbol terma jamoasi darvozaboni sifatida birinchi jahon chempionatining 50-yillik turnirida, 1980-yilda Mundialito chempionatida va 1983-yilda Copa Amerikada gʻolib boʻlgan. Rodríguez 1979-yilgi Copa Amerikada hamda 1986-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Rodríguez 1994-yilda Urugvay milliy futbol terma jamoasi safida 78 ta oʻyinda maydonga tushgan va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan Urugvaylik futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagan.
Yutuqlari Nacional
Primera divizioni: 1977, 1980, 1983: 1977, 1980, 1983-yillar Copa Libertadores: 1980-yil Kontinentlararo kubok: 1980-yil
Santos klubi
Campeonato Paulista: 1984-yil
Bahia klubi
Campeonato Baiano: 1993, 1994-yillar
Urugvay milliy yoshlar terma jamoasi
U-20 Janubiy Amerika chempionati: 1975-yil
Urugvay milliy terma jamoasi
1980-yilgi Jahon Chempionlari Oltin Kubogi Copa América: 1983-yil
Manbalar
Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Santos F.C. futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Urugvaylik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1986 oʻyinchilari Turkum:Urugvay milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari