Avliyoota uyezdi – Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyati tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik.
Uyezd markazi – Avliyoota shahri.
Aholisining katta qismini qozoqlar tashkil qiladi – 90,9%; aholi tarkibida ruslar 3,85% ni tashkil qilsa, qolganini oʻzbeklar (3,1%), chigʻatoylar va sartlar tashkil qiladi.
Tarixi Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibida 1868-yil 21-oktyabrda markazi Avliyoota boʻlgan Avliyoota uyezdi tashkil etiladi. 1918-yildan viloyat bilan birga Turkiston SSR tarkibiga kiritiladi.
1924-yil oktyabrda Avliyoota uyezdi Sirdaryo viloyati bilan birga Qirgʻiz ASSR (1925-yildan – Qozogʻiston ASSR) tarkibiga oʻtkaziladi.
1928-yil 17-yanvarda Sirdaryo okrugi tashkil etiladi va uning tarkibida tumanlar, xususan Avliyoota tumani tashkil etiladi.
Manbalar
Havolalar https://web.archive.org/web/20150706030203/http://www.nlrk.kz/data11/result/ebook_323/#ps
Turkum:Sirdaryo viloyati uyezdlari