Ulugʻbek yulduzi () – 1964-yil „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan suratga olingan oq-qora formatdagi badiiy film. Latif Fayziyev rejissorligidagi film 1965-yilning 18-oktyabr kuni premyera qilingan.
Syujeti Tarixiy—biografik film oʻrta asrlar qomusiy olimi, astronom – Mirzo Ulugʻbek hayoti haqida hikoya qiladi. Voqealar XIV asrda roʻy bergan. Ulugʻbek 1424—1428-yillar oraligʻida rasadxona qurdirgan boʻlib, u yerda osmon jismlari harakatining jadvalini tuzib chiqishga muvaffaq boʻlgan. Filmda u davrning ayrim kimsalari olimning ilmiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish jarayoni ochib berilgan. Rollarda Shukur Burhonov – Ulugʻbek Olim Xoʻjayev – Xoʻja Ahror Oʻlmas Alixoʻjayev – Ali Qushchi Hamza Umarov – Abdurazzoq Razzoq Hamroyev – Farmonshoh Nabi Rahimov – Bobo Kayfi Abbos Bakirov – Abbos Hikmat Latipov – Sayid Obid Rahim Pirmuhamedov – oshpaz va boshqalar Ijodiy guruh Maqsud Shayxzoda – ssenariy muallifi Latif Fayziyev – rejissor Aleksandr Pann – operator Dani Zokirov, Mixail Ziv – bastakorlar Mukofotlari 1966-yil Kiyev shahrida oʻtkazilgan Butunittifoq kinofestivalida tarixiy filmlar yoʻnalishida 2-oʻrinni egallagan. Manbalar
Turkum:Oʻzbek filmlari Turkum:Latif Fayziyev filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar