Razaq Akanni Adegbite (1992-yil 20-dekabr, Lagos, Nigeriya) – nigeriyalik professional futbolchi, hujumchi ampluasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Adegbite Razaq futbolchilik faoliyatini Karamone yoshlar klubida boshlagan, keyinchalik Gateway United safiga oʻtgan, soʻngra Enugu Rangers klubiga qoʻshilgan. Razaqning akasi Adegbite Alhameen Adeniyi professional futbolchi boʻlib, Nigeriya Professional ligasida oʻynaydi. Razaq ham oʻzining futboldagi faoliyatini Karamoneda bilan boshlagan.
2012-yilda Enugu Rangers klubi Enyimba International klubini ogohlantirishiga qaramasdan, klub Adegbite bilan shartnoma imzolagan. Futbolchining Jomo Cosmos klubidagi ishchi ruxsatnomasi kechikishi va transfer qoidalarida kelishmovchilik tufayli futbolchi Kahramanspor bilan kelishuvni bekor qilishga majbur boʻladi, keyin esa Enugu Rangers bilan shartnomasini uzaytirish uchun Nigeriyaga qaytib ketgan. Razaq 2016—2017-yillar oraligʻida Kano Pillars klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilda esa Kiprning Doğan Türk Birliği klubiga oʻtgan.
Razaq 2018-yilda Primeiro de Agosto klubiga qoʻshilib, 2018—2019-yilgi mavsumda Angolaning oliy futbol ligasi Girabolada ishtirok etuvchi Desportivo da Huila klubiga ijaraga berilgan.
Razaq 2019-yilda „Desportivo da Huíla“ klubiga ijara asosida toʻp tepganProfile at Girabola, girabola.com. Razaq 2019-yilning yozida Tunisning US Tataouine futbol klubiga qoʻshilganUn joueur nigérian rejoint l’US Tataouine, mosaiquefm.net, 30 June 2019. Ammo bir necha oy oʻtgach, klubni tark etgan va Nigeriyaga qaytib, Sunshine Stars klubi bilan shartnoma imzolaganNPFL: Egwuekwe, Akarandut top list of returnees to the league, aclsports.com, 2 October 2019. Razaq 2020-yil yanvar oyida Kiprning Doğan Türk Birliği klubiga qaytib kelgan.
2020-yil 2-noyabrda Razaq Hong Kong Premier Leaguesining Happy Valley AA klubiga oʻtgani eʼlon qilingan港超聯 齊章!愉園黑「帝」降臨 on.cc 2 November 2020.
Terma jamoadagi faoliyati Razaq Nigeriya U-17 terma jamoasi safida 6 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Razaq Nigeriya U-20 terma jamoasi safida 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. 2014-yilda hujumchi Nigeriya terma jamoasi tomonidan oʻrtoqlik oʻyiniga taklif qilingan.
CAF Chempionlar ligasi Razaq 2012—2013-yillar davomida CAF Chempionlar ligasida Enugu Rangers International FC klubida, 2013—2014-yillarda esa Enyimba klubida maydonga tushgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Hong Kong Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Hong Kongdagi muhojir erkak futbolchilar