Bekatova Zumrad Raximbayevna – oʻzbek shifokor-terapevti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining III hamda IV chaqiriq deputati. 2024-yildan Oliy Majlis Senati aʼzosi. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi.

Hayoti Zumrad Bekatova 1968-yilning 14-yanvarida Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini shifokor-terapevt mutaxassisligida tamomlagan.

4-Amudaryo saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining III hamda IV chaqiriq deputati etib saylangan. 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylangan.

Yana qarang Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati (2024–2029) Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston senatorlari