Qurra ibn Sharik ibn Martod al-Absiy al-Gʻatafoniy () (715-yilda vafot etgan) – xalifa al-Volid I hukmronligi davrida 709-yildan 715-yilga qadar Misr hokimi.
Hayoti Qurra ibn Sharikning ilk faoliyati toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Otasi Banu Abs qabilasining Bighod boʻlimidan Sharik ibn Marthod ibn al-Horis ibn Hubaysh ismli kishi boʻlgan. Ular 630-yillardagi dastlabki musulmonlar istilolaridan beri Suriyaning shimolida va Jazirada yashovchi yirik qaysiylar guruhining bir qismi boʻlgan Banu Absning shariflari (qabila zodagonlari) edi. Suryoniy pravoslav cherkovi asoschisi Michael yilnomasi talqinlariga koʻra, Qurra xalifa Abdulmalik () hukmronligining soʻnggi yillarida oʻzining tugʻilgan viloyati Jund Qinnasrin (Shimoliy Suriya) yoki Armaniston hokimi boʻlib xizmat qilgan. Soʻngra xalifa al-Volid I ning () kotibi boʻlgan. Keyinchalik Qinnasrin hokimligiga uning ukasi Marhod ibn Sharik tayinlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:8-asr Misrdagi Umaviylar hokimlari Turkum:715-yilda vafot etganlar Turkum:Qinnasrindagi Umaviylar hokimlari