Sattarov Xayrulla Fayzullayevich – oʻzbek iqtisodchisi. 2019-yildan „Yoshlar kelajagimiz“ jamgʻarmasi direktori. 2024-yildan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi.

Hayoti Xayrulla Sattarov 1977-yil 21-noyabr kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tugʻilgan. Shahardagi oʻrta maktablardan birini tamomlagach, 1998-yili Navoiy davlat pedagogika institutiga oʻqishga qabul qilingan. Oliygohni 2002-yilda bitirgach, shu yili Toshkent moliya institutiga oʻqishga qabul qilingan. 2006-yilda tamomlagan. 2023-yilda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini tamomlagan. Faoliyati Mehnat faoliyatini 2004-yilda „Tadbirkor“ aksiyadorlik tijorat bankida boshlagan. Turli yillarda mahalliy banklarda faoliyat yuritgan. 2017-yilda „Mikrokreditbank“ bankining davlat dasturlari ijrosini monitoring qilish investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti rahbari sifatida faoliyatini olib borgan. 2017-yildan 2018-yilgacha „Xalq banki“ning gʻaznachilik departamenti rahbari sifatida ishlagan. „Yoshlar kelajagimiz“ jamgʻarmasi direktori sifatida Oʻzbekistonda yoshlarni tadbirkorlik sohasidagi qiziqishlarini oshirish maqsadida „Biznes marafon“ loyihasini yoʻlga qoʻygan. 2020-yilda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi rayosati kengashi tarkibiga kiritilgan. 2023-yil 6-fevralda Turkiyaning janubiy va markaziy qismida sodir boʻlgan zilziladan soʻng, jamgʻarma tomonidan gumanitar yordam sifatida Gaziantep va Xatay shaharlarida oʻzbek oshi tayyorlanib, tarqatilgan. 2024-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi lavozimiga tayinlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbek iqtisodchilari