Abu al-Muhojir Dinor () Umaviylar xalifaligi davrida Ifriqiya hokimi boʻlgan va musulmonlarning Magʻribni bosib olish uchun qilingan yurishlariga rahbarlik qilgan. 683-yilda Biskra jangidan keyin Tabuda shahrida vafot etgan.

Hayoti Abu al-Muhojir asli arabSee https://www.britannica.com/biography/Abu-al-Muhajir-Dinar-al-Ansari yoki qibtiy boʻlishi mumkin. Ansorlardan Maslama ibn Muhalladning quli boʻlgan, keyinchalik esa ozod qilingan. Paygʻambar Muhammadning sahobalaridan boʻlgan Maslama birinchi Umaviy xalifasi Muoviya I tomonidan Misr va Ifriqiya hokimi lavozimiga tayinlangan.

675-yildaIbn Abd al-Hakam, p. 197 of Torrey’s Arabic text, but on p. 320 of the English translation the date given is 10 years earlier. This is because the translation is based on a single manuscript. The earlier date is not supported by better manuscripts. Maslama Abu al-Muhojirni Ifriqiyadagi Umaviylar qoʻshinlarining amiri yoki generali lavozimiga tayinlagan. Oʻsha vaqtda bu lavozimda Banu Quraysh qabilasining vakili Uqba ibn Nafiy xizmat qilar edi. Maslama Abu al-Muhojirga Uqbani hurmat qilgan holda uni lavozimidan ozod qilishni maslahat bergan, ammo katta ehtimol bilan al-Muhojir uning mu maslahatiga amal qilmagan, chunki Uqba kishanband qilinib, zindonga tashlangan va xalifa uni koʻrishni iltimos qilgandagina ozodlikka chiqarilgan. Uqba Ifriqiyadan Damashqqa joʻnab ketayotib, Abu al-Muhojir unga qanday muomala qilgan boʻlsa, unga ham shunday munosabatda boʻlishga ahd qilganIbn Abd al-Hakam, p. 197 of Torrey’s Arabic text, p. 321 of English translation..

Bir vaqtlar Uqba Qayravonda qarorgoh qurgan edi. Manbalarga koʻra, Abu al-Muhojir ushbu qarorgohdan foydalanish oʻrniga (baʼzi maʼlumotlarda uni vayron qilgan) ikki chaqirim uzoqlikda boshqa shaharcha qurganLocation not known with certainty. Ibn Abd al-Hakam, p. 197 Arabic text or p. 321 of translation, states it was 2 miles from Qayrawan. Ibn Idhari added that this was in the direction of Tunis. Solignac p. 22 suggests a tell-like hill northeast of Qayrawan called Draa Temmar.. Koʻp asrlar oʻtib yozib qoldirilgan maʼlumotlarga koʻra, bu shahar Takarvon () deb atalganAd-Dabbagh/Ibn Naji, p. 47 of Cairo edition. In footnotes, the editor gives two later variations: Tīkīrwān () from Al-Nuwayri (14th century) and Tīkarwān () from Ibn Abi Dinar in the 16th century.

Al-Muhojir haqida IX asrda yozilgan maʼlumotlarda uning Jazoirning Mila shahridan gʻarbga tomon boʻlgan hududlarni zabt etish uchun yurishlarni amalga oshirganligi aytilgan boʻlsaOr alternatively, the Saharan fort of Gemellae. Khalifa ibn Khayyat, Tarikh, fide Benabbès (2005), Modéran (2005)., XI asrda yozilgan manbalar uning yirik Tlemcen shahrini qoʻlga kiritganligi haqida maʼlumot beradi[iqtibos kerak].

Muoviyaning vorisi Yazid I Uqba ibn Nafiyni avvalgi lavozimiga qaytarganIbn Abd al-Hakam, p. 198 of Torrey’s Arabic text, p. 322 of English translation.. Uqba 682-yilda Ifriqiyaga yetib kelgan va oʻsha zahoti bir paytlar oʻziga bergan vaʼdasini bajargan, Abu al-Muhojirni kishanlab, har safar safarga chiqqanda Uqbani jangda hamroh boʻlishga majbur boʻlgan[iqtibos kerak].

Oʻlimi 683-yildaIbn Abd al-Hakam, p. 199 of Torrey’s Arabic text, p. 324 of English translation. Uqba qoʻshinlari Jazoirdagi qadimgi Rim qalʼasi Thabudeos yaqinida Berberlar boshligʻi Kusayla tomonidan pistirmaga uchragan. Aytishlaricha, oʻshanda Uqba Abu al-Muhojirning zanjirlarini yechishni taklif qilgan va bu narsa unga yaxshiroq jang qilishga imkon berishini aytgan, ammo Abu al-Muhojir zanjirlarini taqqan holda jang qilib oʻlishni afzal koʻrganIbn Abd al-Hakam, p. 199 of Torrey’s Arabic text, p. 323 of English translation.. Uqba va al-Muhojir oʻsha jangda 300 nafar otliq askarlar bilan birga halok boʻlgan[iqtibos kerak].

Al-Muhojir Jazoirdagi Sidi Okba tumani, Sidi Okba masjidi oldida joylashgan ash-Shurofa qabristonida Biskra jangida halok boʻlgan 300 nafar askarlar bilan birga dafn etilgan[iqtibos kerak].

Yana qarang Umaviylar xalifaligi

Manbalar

Adabiyotlar Ibn Abd al-Hakam, Kitab Futuh Misr waʼl Maghrib waʼl Andalus. The only substantial English translation of this 9th century work is that of Torrey (who also later edited the critical Arabic edition, Yale University Press, 1932): „The Muhammedan Conquest of Egypt and North Africa in the Years 643-705 A. D., translated from the Original Arabic of Ibn 'Abd-el Hakem'“, Biblical and Semitic Studies vol. 1 (1901), 279–330. Abu Zaid Abd ur-Rahman bin Muhammad ad-Dabbagh (13th century, updated by Abu al-Fadl Abu al-Qasim ibn Naji in the 15th century), Maʼalim al-Aman fi Maʼarufat Ahl al-Qayrawan. Critical Arabic edition by Ibrahim Shubbuh, Makataba al-Khananaji, Cairo, 1968. A. Benabbès: „“ In , University of Rouen, 2005 () Yves Modéran: „“ In , University of Rouen, 2005 (). Marcel Solignac: , Institut d'Études Orientales de la Faculté des Lettres d’Alger, 1953. (Not just on hydraulics, contains valuable historical research).

Turkum:683-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Sahobalar Turkum:Ifriqiyadagi Umaviylar hokimlari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar