Andry Irving (2000-yil 13-mayda tug‘ilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi a’zosi. Angliya Premyer-liganing West Ham United klubida yarim himoyachi sifatida faoliyat olib boradi. U dastavval Heart of Midlothian, Berwick Rangers, Falkirk, Türkgücü München va Austria Klagenfurt kabi klublarda o‘ynagan.

Yoshligi Andry Irving Edinburgh shahrida katta bo’lgan. Portobello o‘rta maktabida tahsil olganAndy Irving, the 'Portobello Pirloʻ, gives Scotland hope of a better future, Ewan Murray, The Scotsman, 11 October 2024.

Klublardagi faoliyati Heart of Midlothian 2017-yil iyun oyida Irving Heart of Midlothian jamoasining 20 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi a’zosi sifatida Berwick Rangers klubiga ijraga berilgan. Ijara muddati 2018-yil yanvar oyigacha muddatda belgilangan. U Berwick Rangers klubi tarkibida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta gol ham urgan.

Ijara muddati tugagach 2018-yil 24-yanvar kuni Irving Hearts of Midlothian asosiy jamoasida Hamilton Academical jamoasiga qarshi o’yinda o’z debyutini amalga oshirgan. O’sha o‘yinda uning jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2018-yil iyul oyida Irving klub bilan 2020-yilgacha mo’ljallangan yangi shartnoma imzolagan. 2018–2019-yilgi mavsumda Irving o‘zining ilk o‘yinini Kove Rangers jamoasiga qarshi Shotlandiya Liga kubogi uchrashuvida o’tkazgan. U Olly Lee o‘rniga 65-daqiqada maydonga tushgan va shu tariqa mavsumdagi o’zining ilk o’yinida ishtirok etgan. Biroq uning shartnomasi Shotlandiya Futbol Assotsiatsiyasida ro‘yxatdan o‘tmaganligi sababli tan olinmagan. 23-iyulda SPFL intizomiy tinglov o‘tkazgan va Hearts jamoasidan ikki ochko olib qo‘yilgan. Shundan so’ng jamoaga 10 ming funt jarima solingan.

2018-yil 31-iyul kuni Irving Shotlandiya chempionatining Falkrik jamoasiga 2019-yil yanvargacha bo’lgan muddatga ijaraga berilgan.

Türkgücü München 2021-yil iyun oyida Irving Heart of Midlothian jamoasi bilan shartnomasi tugagach, 3-liga jamoasi Türkgücü München bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil 25-iyul kuni Irving Türkgücü München safida 3-liga jamoasi SC Verlga qarshi o‘yinda o’z debyutini amalga oshirgan.

Austria Klagenfurt 2022-yil iyul oyida Irving Avstriya Bundesligasining klubi Austria Klagenfurt jamoasiga o‘tgan. Türkgücü München jamoasi mart oyida 3-ligadan ham chiqib ketganligi sababli Irving klubni tark etgan. U 2023-yil sentabr oyidagi transfer oynasining oxirgi kunida Angliya Premyer-ligasining West Ham United jamoasiga sotilgan. West Hamga transfer qilinganligiga qaramay u bir mavsumga Austria jamoasiga ijaraga berilganFormer Hearts man Andy Irving sold to West Ham United for big money as a fascinating transfer is confirmed by Austrian FA, Barry Anderson, Edinburgh Evening News, 1 September 2023. 2023-yil dekabr oyida Austria Klagenfurt jamoasining bosh direktori Gyunter Gorenzel transferni rasman tasdiqlagan. 2024-yil 24-aprel kuni Irving Red Bull Salzburg jamoasiga qarshi o‘yinda 22-daqiqaga kelib xet-trik qayd etgan. O’sha o’yinda Austria Klagenfurt jamoasi raqib ustidan 4–3 hisobidagi g‘alabaga erishgan.

West Ham United 2024-yil sentabr oyida Irving West Ham United safidagi debyut o‘yinini Angliya Premyer-ligasining boshqa bir jamoasi — Chelseaga qarshi o‘tkazgan. Irving uchun debyut o’yini omadsiz bo’lgan. Chunki uning jamoasi 3–0 hisobida mag‘lubiyatga uchraganIrving It’s every boy's dream to play for their country!, West Ham United FC, 3 October 2024.

Xalqaro faoliyati Irving Shotlandiyaning turli yosh terma jamoalarida o‘ynagan. 2024-yil 1-oktabr kuni u Shotlandiya milliy terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgqan. U Millatlar ligasi doirasida Xorvatiya va Portugaliyaga qarshi o‘yinlarda ishtirok etishi belgilangan.

Manbalar

Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Heart of Midlothian F.C. futbolchilari Turkum:Berwick Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Falkirk F.C. futbolchilari Turkum:Türkgücü München F.C. futbolchilari Turkum:SK Austria Klagenfurt futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari