Fizikada asosiy oʻzaro taʼsirlar yoki fundamental kuchlar deb tabiatda mavjud boʻlib, yanada sodda taʼsirlarga boʻlinmaydigan kuchlarga aytiladi. Hozirda insoniyatga maʼlum boʻlgan toʻrtta fundamental kuch mavjud Extract of page 109: Gravitatsion kuch Elektromagnit kuch Kuchsiz oʻzaro taʼsir Kuchli oʻzaro taʼsir
Gravitatsion va elektromagnit oʻzaro taʼsirlar uzoq masofaga taʼsir etuvchi kuchlarni yuzaga keltiradi, ularning natijalarini kundalik hayotda bevosita kuzatish mumkin. Kuchli va kuchsiz oʻzaro taʼsirlar esa subatomik darajada kuchlar hosil qiladi va atomlar ichidagi yadroviy jarayonlarni boshqaradi.
Baʼzi olimlar beshinchi kuch mavjud boʻlishi mumkin degan fikrni ilgari surishadi, ammo bu gʻoyalar hozircha ilmiy faraz boʻlib qolmoqda.
Maʼlum boʻlgan barcha fundamental oʻzaro taʼsirlar matematik jihatdan maydon sifatida qaraladi. Gravitatsiya kuchi fazo-vaqt egriligiga bogʻliq boʻlib, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasida tavsiflanadi. Qolgan uchta kuch esa diskret kvant maydonlari hisoblanadi va ularning oʻzaro taʼsiri zarrachalar fizikasining Standart modeli tomonidan tavsiflanadigan elementar zarralar vositasida amalga oshadi.
Standart modelga koʻra, kuchli oʻzaro taʼsir glyuon deb ataluvchi zarracha orqali uzatiladi va kvarklarni bir-biriga bogʻlab, proton va neytron kabi adronlarning shakllanishini taʼminlaydi. Natijada, bu kuchning qoldiq taʼsiri sifatida yadro kuchi yuzaga keladi, bu esa proton va neytronlarni bogʻlab, atom yadrolarini hosil qiladi. Kuchsiz oʻzaro taʼsir esa W va Z bozonlar deb ataluvchi zarrachalar orqali amalga oshadi hamda zarrachalar atom yadrolariga taʼsir qilib, radioaktiv parchalanish jarayonlarini boshqaradi va turli yadro jarayonlarining muhim vositachisi hisoblanadi. Elektromagnit kuch foton orqali uzatiladi hamda elektr va magnit maydonlarini hosil qilib, orbital elektronlar bilan atom yadrosi orasidagi tortish kuchini shakllantiradi. Shu orqali atomlarning bir-biriga bogʻlanishini taʼminlaydi, kimyoviy bog‘lanishlarning yuzaga kelishiga sabab boʻladi va elektromagnit toʻlqinlarni, jumladan koʻrinuvchi yorugʻlikni hosil qiladi. Elektromagnit kuch zamonaviy elektr texnologiyalari asosini tashkil qiladi. Garchi elektromagnit kuch gravitatsiyadan bir necha barobar kuchli boʻlsa-da, katta jismlar ichida oʻzini oʻzi muvozanatlashtiradi. Shu sababli katta, yaʼni astronomik masofalarda gravitatsiya asosiy kuch sifatida ustunlik qiladi. Aynan gravitatsiya koinotning yirik tuzilmalari – sayyoralar, yulduzlar va galaktikalarni birgalikda ushlab turadi.
Koʻpgina nazariyotchi fiziklar ushbu asosiy kuchlar bir-biri bilan bogʻliq boʻlib, juda yuqori energiyalarda va kichik masshtablarda yaʼni plank masshtabida yagona kuchga birlashishini taxmin qilishadi. Biroq, bunday ulkan energiyalarni hosil qilish uchun zarracha tezlatgichlarining imkoniyatlari yetarli emas, shu sababli bu nazariyani eksperimental tekshirish hali imkonsiz boʻlib qolmoqda. Asosiy kuchlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni yagona nazariya orqali tushuntirish esa zamonaviy nazariyotchi fiziklar oldidagi eng ulkan maqsadlardandir. Shu kunga kelib, kuchsiz va elektromagnit taʼsirlar allaqachon Sheldon Glashow, Abdus Salam va Steven Weinberg tomonidan ishlab chiqilgan elektrokuchsizlik nazariyasi orqali birlashtirilgan va olimlar bu ishlari uchun 1979-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan. Endi baʼzi olimlar ushbu elektrokuchsiz kuchlarni kuchli oʻzaro taʼsir bilan birlashtirishni maqsad qilgan boʻlib, bu yondashuvni katta birlashma nazariyasi (GUT) deb nomlashgan. Ammo bundan ham qiyin vazifa – gravitatsiya maydonini kvantlashtirish. Bu vazifa kvant gravitatsiya nazariyasini (QG) yaratish orqali gravitatsiyani boshqa uchta asosiy kuch bilan birlashtirishni oʻz ichiga oladi. Ayrim nazariyalar, xususan, string nazariyasi, bitta nazariy doirada QG va GUTni birlashtirishni maqsad qilgan boʻlib, barcha toʻrtta asosiy oʻzaro taʼsir va massaning hosil boʻlishini tushuntiruvchi hamma narsa nazariyasini yaratishga intilmoqda.
Tarixi Klassik nazariya 1687-yilda Isaak Nyuton oʻzining nazariyasida fazoni barcha jismlardan oldin mavjud boʻlgan, ularning ichida va atrofida joylashgan, cheksiz va oʻzgarmas fizik tuzilma sifatida tasvirlagan. Nazariyaga koʻra, barcha hodisalar va munosabatlar har joyda bir xil tezlikda rivojlanadi. Bu gʻoya mutlaq fazo va vaqt tushunchasini shakllantirdi. Nyuton shuningdek, barcha massaga ega jismlar bir xil tezlikda bir-biriga yaqinlashishini, ammo ularning toʻqnashuvi massalariga mutanosib taʼsir kuchi bilan yuz berishini kuzatib, moddaning oʻzaro tortish kuchiga ega ekanligini xulosa qildi. Nyutonning butun olam tortishish qonuni barcha jismlar oʻrtasida bir zumda oʻzaro taʼsir mavjudligini anglatardi. Ammo anʼanaga koʻra talqin qilinganida, Nyutonning harakat nazariyasi oʻzaro taʼsirni uzatish uchun hech qanday vositachisiz markaziy kuchni modellashtirdiNewtonʼs absolute space was a medium, but not one transmitting gravitation.. Shu sababli, uning nazariyasi Dekartdan boshlangan va masofadan taʼsir boʻlishi mumkin emas degan tamoyilga zid kelgan edi. Bunga qarshi ravishda, 1820-yillarda Maykl Faradey magnitizmni izohlar ekan, kuchni uzatuvchi va fazoni toʻldiruvchi maydon mavjudligini taxmin qildi va yakunda barcha kuchlar yagona kuchga birlashishi mumkinligini ham ilgari surdi. 1831-yilda M.Faradey tomonidan kashf etilgan elektromagnit induksiya hodisasini chuqur oʻrgangan Maksvell quyidagi xulosaga keladi: magnit maydonining har qanday oʻzgarishi uning atrofidagi fazoda uyurmaviy elektr maydonni hosil qiladi
1873-yilda James Clerk Maxwell elektr va magnitizmni vakuumda doimiy tezlikda harakat qiladigan hamda uchinchi xususiyati yorugʻlik hisoblangan yagona bir elektromagnit maydon taʼsiri sifatida birlashtirdi. Agar Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi barcha inersial sanoq tizimlarida haqiqiy boʻlsa, bu Nyutonning harakat nazariyasiga zid kelar edi, chunki Nyutonning nazariyasi Galiley nisbiyligiga asoslangan edi. Ammo, agar Maksvell nazariyasi faqat mexanik lyuminifer efirga nisbatan tinch holatda boʻlgan sanoq tizimlariga taalluqli deb hisoblanganida—bu efir fazoni toʻldiradi, vakuumda ham, modda ichida ham elektromagnit maydonni namoyon qiladi deb taxmin qilingan edi—unda bu nazariya Galiley nisbiyligi va Nyuton qonunlari bilan muvofiqlashtirilishi mumkin edi. Biroq, keyinchalik bunday „Maksvell efiri“ tushunchasi rad etildi va Nyuton qonunlarini oʻzgartirish zaruriyati paydo boʻldi.
Standart model
Zarralar fizikasi Standart modeli 20-asrning ikkinchi yarmida shakllantirilgan boʻlib, elektromagnit, kuchli va kuchsiz oʻzaro taʼsirlarni elementar zarrachalar bilan bogʻlaydi. Bu zarrachalarning xatti-harakatlari kvant mexanikasi (QM) orqali modellashtiriladi. Kvant mexanikasi mikrozarralarning (elektronlar va atomlar) xususiyatlarini va harakatlarini oʻrganadi. Maks Plank, Lui de Broyl va Ervin Shredinger tomonlaridan asos solingan kvant fizikasi zamonaviy fizikaning asosiy qismi hisoblanadi. Kvant mexanikasi ehtimoliy natijalarga asoslanganligi sababli, fiziklar QM hodisalarini maxsus nisbiylik bilan moslashtirilgan maydonlar orqali tavsiflaydilar va nisbiylik kvant maydon nazariyasi (QFT) deb atashadiMeinard Kuhlmann, „Physicists debate whether the world is made of particles or fields—or something else entirely“, Scientific American, 24 Jul 2013.. Ushbu modelda kuchlarni tashuvchi zarrachalar – kalibrlash bozonlari (gauge bozons) – maydonlarning „xabarchilari“ sifatida ishlaydi va moddiy zarrachalar – fermionlar – bilan oʻzaro taʼsirlashadi. Bu nazariya zamonaviy fizikadagi asosiy nazariy ramka hisoblanadi.
Hozirgi zamon standart modeli tasavvurlariga koʻra fizik vakuum materiyaning mavjudlik shakllaridan biri boʻlib maydonning eng quyi energiyali holati hisoblanadi. Zamonaviy mavjud infilyatsiya nazariyasiga koʻra vakuum energiyasi fluktatsiyasi katta qiymatga erishganda fizik vakuumda kuchli qoʻzgʻalish yuz beradi va u „pufak“simon ravishda juda keskin (~10-33 s davomida) kengayadi va „yoriladi“, yaʼni katta portlash sodir boʻladi. Bu hodisa bundan taxminan 13 mlrd yil oldin sodir boʻlganligi aniqlangan. Katta portlashdan soʻng Olam juda qaynoq boʻlganligi va doimiy kengayib borayotganligi amerikalik fizik Xabbl tomonidan „qizil siljish“ qonuni ochilgandan keyin isbotlandi. 1965-yilda relektiv (qoldiq) nurlanishning kashf qilinishi ham bu gʻoyani toʻgʻriligini tasdiqlaydi.
Kundalik hayotdagi barcha modda atomlardan iborat boʻlib, ular uch turdagi fermionlardan tashkil topadi: atom yadrosini tashkil qiluvchi yuqori va quyi kvarklar hamda uning atrofida harakatlanayotgan elektronlar. Atomlar oʻzaro taʼsirlashib, molekulalarni hosil qiladi va qoʻshimcha xususiyatlarini namoyon etadi. Bu jarayon asosan elektronlarning fotonlarni – elektromagnit maydonning kuch tashuvchi zarrachalarini – yutishi va chiqarishi orqali amalga oshadi. Agar fotonlarga hech qanday toʻsiq boʻlmasa, ular cheksiz masofaga tarqalishi mumkin. Elektromagnetizmning ushbu jarayonlarini izohlaydigan kvant maydon nazariyasi esa kvant elektrodinamika (QED) deb ataladi.
Kuchsiz oʻzaro taʼsirning kuch tashuvchi zarrachalari – massiv W va Z bozonlar. Elektrokuchsiz nazariya (EWT) elektromagnitizm va kuchsiz oʻzaro taʼsirni yagona nazariya doirasida birlashtiradi. Katta portlashdan keyingi dastlabki yuqori harorat sharoitida kuchsiz oʻzaro taʼsir, elektromagnit oʻzaro taʼsir va Higgs bozoni simmetriya buzilishidan oldin mavjud boʻlgan qadimiy maydonlarning aralash tarkibiy qismlari sifatida namoyon boʻlgan. Koinot asta-sekin sovushi bilan ushbu maydonlar ajralib, uzoq masofali elektromagnit oʻzaro taʼsir, qisqa masofali kuchsiz oʻzaro taʼsir va Higgs bozoni shaklida mustaqil ravishda paydo boʻlgan. Higgs mexanizmi orqali Higgs maydoni Higgs bozonlarini hosil qiladi va ular baʼzi kvant zarrachalar bilan oʻzaro taʼsirlashib, ularga massa beradi. Shu bilan birga, kuchli oʻzaro taʼsir, uning kuch tashuvchi zarrachasi glyuon, kvarklar orasidagi juda kichik masofalarda faoliyat koʻrsatadi va bu jarayon kvant xromodinamikasi (QCD) orqali izohlanadi. Elektrokuchsiz nazariya (EWT), kvant xromodinamika (QCD) va Higgs mexanizmi birgalikda zarralar fizikasi Standart modelini (SM) tashkil qiladi. Garchi bashoratlar koʻpincha hisob-kitoblarni soddalashtiruvchi yaqinlashtiruvchi usullar yordamida amalga oshirilsa-da, bu usullar ayrim eksperimental kuzatuvlarni (masalan, bogʻlangan holatlar yoki solitonlarni) toʻliq izohlashga yetarli boʻlmasligi mumkin. Shunga qaramay, Standart model bugungi kunda fizika tarixidagi eng koʻp eksperimental tasdiqlangan nazariya sifatida keng eʼtirof etilgan.
Standart modeldan tashqarida, baʼzi nazariyotchilar elektrokuchsiz va kuchli oʻzaro taʼsirlarni yagona tizim – Katta birlashma nazariyasi (GUT) doirasida birlashtirish ustida ishlamoqda. Ushbu nazariyaga oid ayrim yondashuvlar „soya“ zarrachalar mavjudligini taxmin qiladi. Yaʼni, har bir maʼlum moddiy zarrachaga nomaʼlum kuch zarrachasi mos keladi va aksincha, bu birgalikda supersimmetriya (SUSY) deb ataladi. Boshqa nazariyotchilar esa gravitatsiya maydonini kvantlashtirishga intilib, uning kuch tashuvchi zarrachasi – gravitonning xatti-harakatini modellashtirish orqali kvant gravitatsiyasi (QG)ga erishishni maqsad qilmoqda. QGga yondashuvlardan biri – halqali kvant gravitatsiya (LQG) nazariyasi. Yana baʼzi tadqiqotchilar QG va GUTni bir tizimda birlashtirishga, shu orqali barcha toʻrtta asosiy oʻzaro taʼsirni yagona doiraga – Hamma narsa nazariyasi (ToE)ga keltirishga harakat qilmoqda. ToEga oid eng mashhur yondashuvlardan biri string nazariyasi boʻlib, u moddiy zarrachalarni modellashtirish uchun SUSYni kuch zarrachalariga qoʻshgan va shu bilan superstring nazariyasiga aylangan. Turli koʻrinishda boʻlgan superstring nazariyalari esa keyinchalik yagona asos – M-nazariyasi doirasida birlashtirilgan. Biroq, Standart modeldan tashqaridagi ushbu nazariyalar hali ham asosan nazariy darajada boʻlib, ularga yetarlicha eksperimental dalillar mavjud emas.