Yahyo ibn al-Hakam ibn Abu al-Os () (700-yildan oldin vafot etgan) xalifa Abdulmalik () hukmronligi davrida Umaviylar davlat arbobi bo'lgan. Tuya jangida xalifa Aliga () qarshi kurashgan. Keyinchalik, Damashqqa koʻchib oʻtgan va u yerda Umaviy xalifalar Muoviya I () va Yazid I ning () saroyida xizmat qilgan. Abdulmalik tomonidan Falastin hokimi etib tayinlangan, 692-yilda Damashqni Quddus bilan bogʻlovchi yoʻlning bir qismini qurdirgani uchun bir qancha yozuvlarda nomi keltirilgan. 694/695-yillarda bir yil davomida Madina hokimi boʻlib xizmat qilgan, soʻngra Suriyaning shimoliy chegarasi boʻylab Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qator yurishlarga rahbarlik qilgan.

Hayoti Yahyo al-Hakam ibn Abu al-Osning oʻgʻli, xalifa Marvon I ning kenja ukasi edi (). Onasi Gʻatafan qabilasining Banu Murra urugʻidan boʻlgan. Marvon, akasi Abdurahmon va Qurayshning boshqa yuqori martabali rahbarlari bilan birga xalifa Aliga () qarshi 656-yilda Tuya jangida qatnashgan. Urushda Ali gʻalaba qozongan, Yahyo jarohat olib, Basrada Banu Tamim qabilasining bir aʼzosi bilan birga omon qolgan. Qabila aʼzosi uni uzoqdagi amakivachchasi, Suriya hokimi Muoviya ibn Abu Sufyonning Damashqdagi qarorgohiga kuzatib qoʻygan. Yahyo xalifa Muoviya (661–680) va uning oʻgʻli, vorisi Yazid I () davrida Damashqa istiqomat qilgan. 680-yilda Karbalo jangida Alining oʻgʻli, Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi Husayn ibn Alining Yazid qoʻshini tomonidan oʻldirilganini ochiq qoralanadi.

685–694-yillar orasida Yahyoning jiyani, xalifa Abdulmalik ibn Marvon () uni Falastin hokimi etib tayinlagan. Xalifa Abdulmalik nomidan Golan tepaliklaridagi Fiq dovoni orqali oʻtadigan yoʻl qurilishiga rahbarlik qilgani qayd etilgan yozuvlar topilgan. Yozuv 692-yilning may yoki iyun oylariga toʻgʻri keladi, bu yoʻl poydevori haqidagi eng qadimgi islomiy yozuvlardan biri hisoblanadi.

694/695-yillarda Yahyo Madinaga hokim etib tayinlangan. Keyingi yili esa Damashqqa chaqirilgan, bu davrda Malatya va al-Massisaning yaqinida vizantiyaliklarga qarshi yurishlarni boshqargan. 697/698-yillarda Marj ash-Shahmdagi Vizantiya qal’asiga qarshi yurishga rahbarlik qilgan. Yahyo ibn al-Hakam 700-yildan oldin vafot etgan. Qabri Golan tepaliklaridagi Katzrin shahridan topilgan.

Oilasi va avlodlari Yahyo Madina voliyi boʻlgan davrda Muhammad paygʻambarning yetakchi sahobalaridan biri Abdurahmon ibn Avfning qizi Ummu al-Qosim al-Sugʻro bilan nikohda boʻlgan. Yahyoning oʻgʻli Yusuf xalifa Abdulmalik hukmronligining oxirlarida Mosul hokimi boʻlib xizmat qilgan, uning oʻgʻli al-Hurr va nabirasi Yahyo ibn al-Hurr 727–732 va 732-yillarda viloyatda xizmat qilgan. Yahyoning qizlaridan biri Amina xalifa Abdulmalikning oʻgʻli, boʻlajak xalifa Hishomga turmushga chiqqan. Keyinchalik, yana bir qizi Ummu Hakim xuddi onasi Zaynab binti Abdurahmon kabi oʻzining goʻzalligi va sharobga boʻlgan muhabbati bilan mashhur boʻlgan va Hishomga turmushga chiqqan. Ummu Hakim xalifadan besh nafar, jumladan, Sulaymon, Maslama, Yazid al-Afqom, Muoviya ismli oʻgʻil koʻrgan. Ummu Hakimning oʻgʻli Abdurahmon I 756-yilda Kordova amirligiga asos solgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Madinadagi Umaviylar hokimlari Turkum:Falastindagi Umaviylar hokimlari Turkum:Birinchi fitnada ishtirok etgan kishilar