Jaloliddin Hasan III () Nuriddin Muhammad II ning oʻgʻli, 25-Nizoriy Ismoiliy imom boʻlgan. U 1210—1221-yillarda hukmronlik qilgan.
Hayoti U 24-imom va sunniy onaning farzandi boʻlgan. Jaloliddin Hasan oʻzining sunniy islomga oʻtganligini daʼvo qilgan. Bu daʼvoni Abbosiy xalifa al-Nosir va boshqa musulmon hukmdorlar qabul qilishadi, shu bois u „nav-musulmon“ (forscha: نومسلمان, „yangi musulmon“) nomi bilan tanilgan. U Alamutning avvalgi hukmdorlari bilan bogʻliq eʼtiqod va siyosatni rad etib, hatto ota-bobolarini laʼnatlash va Hasan ibn Sabbohning kitoblarini yoqib yuborishgacha borgan. Jaloliddin Hasan Xuroson, Qazvin va Iroqdan koʻplab sunniy olimlar va faqihlarni Alamut qal’asiga taklif qilgan. Ularga kutubxonani tekshirish va nomaqbul deb topgan har qanday kitobni toʻplamdan olib tashlash imkoniyatini bergan. Bundan tashqari, u bu olimlarga oʻz izdoshlariga sunniy shariatga rioya qilishni oʻrgatishni buyurgan. Biroq, ayrimlar uning bu holatini taqiya (dindoshlardan yashirish) harakati sifatida talqin qilishgan..
U hayoti davomida Abbosiy xalifa an-Nosir bilan doʻstona munosabatlarni saqlab qolgan. Bag‘dod xalifasi bilan ittifoq nafaqat Nizoriy Ismoiliy davlatining, balki butun musulmon dunyosining oʻzini himoya qilishi uchun koʻproq imkoniyatlar yaratargan. Bundan tashqari, u shaxsan oʻz qoʻshiniga boshchilik qilib, Eldegiziylar hukmdoriga oʻzbeklarning qoʻzgʻaloniga qarshi kurashda yordam bergan.
U 1221-yilda zaharlanish oqibatida vafot etgan. U Gʻilon shahzodalarining toʻrt nafar sunniy tariqatidagi qizlariga uylangan. Buning uchun u avval shahzodalardan ruxsat soʻragan, ular esa Abbosiy xalifadan izn soʻrashgan va xalifa bunga rozi boʻlgan. Keyinchalik, bu ayollar, shuningdek, Hasan III ning baʼzi qarindoshlari, jumladan singlisi, Hasan III ni zaharlashda ayblanib, oʻgʻlining vaziri tomonidan qatl etilgan.
Uning sunniylikka boʻlgan eʼtiqodi asta-sekin oʻzgarib borgan. Uning jamoasi 9 yoshida taxtga oʻtirgan yagona tirik qolgan oʻgʻli va vorisi Alovuddin Muhammad III imomligi davrida yangi hukmdorni ochiqchasiga ismoiliy shia imomi sifatida koʻra boshlashadi. Biroq, taxtga chiqish paytida Alovuddin Muhammad III juda yosh boʻlganligi sababli, dastlab Hasan III ning vaziri davlatni boshqargan.
Yana qarang
Alamut Alamut qal’asi Lambasar qal’asi Nizoriy Ismoiliy davlati Ismoiliy imomlari roʻyxati Fotimiylar Ismoillik Nizoriy Ogʻaxon Manbalar
Adabiyotlar
Jon Malkolm, Jaloluddin Hasan III „Fors tarixi“, 1-jild. , p. 405, London, 1815-yil. JALOLUDDIN HASAN (607-618/1210-1221)
Havolalar
JALOLUDDIN HASAN (607-618/1210-1221)
Turkum:1221-yilda vafot etganlar Turkum:1187-yilda tugʻilganlar Turkum:13-asr ismoiliylari Turkum:Nizoriy imomlar