thumb|228x228px|Oʻzbekiston mezbonlik qilgan Futzal boʻyicha Jahon chempionati rasmiy timsoli – Xon ismli Turon yoʻlbarsi Oʻzbekistonda futzal – rivojlanayotgan sport turi hisoblanadi. Mamlakatda turli turnir va chempionatlarda faol ishtirok etadigan bir qancha professional klublar va ligalar mavjud. 2024-yil 25-dekabrda Oʻzbekiston futzal federatsiyasi tashkil etilgan.

Milliy terma jamoa Futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri sanaladi. Jamoa Osiyo va jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etib keladi.

Musobaqalar Oʻzbekiston futzal federatsiyasi tomonidan futzal boʻyicha turli darajada musobaqalar tashkil etiladi Oʻzbekiston futzal klublari muntazam ravishda yuqori saviyadagi oʻyin koʻrsatib, Osiyo klublari turnirlarida qatnashib kelmoqda.

Infratuzilma Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa yirik shaharlarda zamonaviy yopiq futzal maydonchalari mavjud. Ular yil davomida futzal sporti bilan shugʻullanish imkonini beradi.

Xalqaro turnirlar Oʻzbekiston xalqaro futzal musobaqalariga mezbonlik qilgan. Oʻzbekistonda futzal boʻyicha Osiyo kubogi, jahon chempionati kabi xalqaro musobaqalar oʻtkazilgan. Masalan, 2024-yilda Oʻzbekiston futzal boʻyicha jahon chempionatiga, 2016-yilda va 2010-yilda Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan.

Yana qarang Oʻzbekistonda futbol Oʻzbekistonda ayollar futboli

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston sporti Turkum:Oʻzbekistonda futzal