Tonika (; ) — laddagi eng turgʻun pogʻona. Unga laddagi barcha pogʻonalar tortiladi yoki boʻysunadi. Tonika musiqa harakatini tugallangan holda yakunlash qobiliyatiga ega boʻlib, I va VIII rim raqamlari bilan yoki T (t) harfi bilan belgilanadi.
Tonika, shuningdek, major yoki minor tonika uchtovushligi sifatida tushuniladi, yaʼni laddagi birinchi pogʻonadan (tonikadan) hosil qilingan uchtovushlikni ifodalaydi. Bu musiqa asarlarining harakatini barqarorlikka olib keluvchi asosiy nuqta sifatida xizmat qiladi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Musiqiy atamalar