Begishevo aeroporti (, ) – Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Nijnekamsk shahriga xizmat koʻrsatuvchi aeroport. Nijnekamskdan 19 km sharqda joylashgan. Juda ulkan aproni, bir nechta angari va binolari mavjud.
Tarixi Begishevo aeroporti qurilishi 1970-yilda Nijnekamskneftexim tashabbusi bilan boshlangan. Birinchi texnik parvoz 1971-yil 25-dekabrda An-24 samolyotida amalga oshirildi. Tatariston (Qozon, Chistopol, Muslyumovo, Aktanish, Alabuga) boʻylab muntazam parvozlar 1972-yilda boshlangan. Keyingi bir necha yil ichida Begishevo aeroporti va Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina va Gruziyaning asosiy shaharlari bilan aloqa oʻrnatdi. Aeroport 1998-yilda xalqaro maqomga ega boʻldi. 2008-yilda Tatarstan Airlines aviakompaniyasidan „Begishevo aeroporti“ OAJ sifatida mustaqil boʻldiHistory of Begishevo Airport. Uning 99,95% aksiyasi KAMAZ OAJga tegishli (2011-yil 30-iyun holatiga koʻra).
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Statistika +Aeroportning faoliyat koʻrsatkichlari: Yillar ||2007 2008 ||20092010||20112012 |20132014 |20152016 |20172018 |201920202021 Yoʻlovchilar soni 149 821160 960172 577268 653293 890292 352332 000407 000366 343380 997587 775777 263785 085428 804643 977 Parvozlar soni 2 1682 1582 1363 0233 476 Tashilgan yuk, tonna 339398241336378 371500
+Moliyaviy koʻrsatkichlar (ming rubl): Yillar 2007 2008 200920102011 Daromad2 722269 223332 028474 171524 200 Yalpi tushum 7214 23726 43563 93562 747 Sof foyda 263 80552013 13517 928
Manbalar
Havolalar Rasmiy veb-sayti
Turkum:Sovet Ittifoqida qurilgan aeroportlar Turkum:Tatariston aeroportlari