Muslim ibn Said ibn Aslam ibn Zur’a ibn Amr ibn Xuvaylid as-Soiq al-Kilobiy () – 723–724-yillarda Umaviylar xalifaligining Xuroson viloyati hokimi.
Hayoti thumb|Muslim ibn Saidning ajdodlari mashhur kishilar boʻlib, Banu Kilob qabilasining Amr boʻlimiga rahbarlik qilgan. U bobosi Aslam ibn Zur’a al-Kilobiy bilan Umaviylar davrida Xuroson viloyati hokimi boʻlib xizmat qilgan. Muslimning bobosi Aslam ibn Zur’a 671–675-yillarda Xuroson hokimi boʻlib xizmat qilgan, otasi Said esa Iroqning qudratli hokimi Hajjoj ibn Yusufning tarafdorlaridan boʻlib, sodiqligi tufayli Makran shahriga hokim etib tayinlangan.
Muslimning otasi voliylik davrida oʻldirilganidan keyin Hajjoj uni oʻz oʻgillari qatorida katta qilgan. Dastlab Basra hokimi Adiy ibn Artat qoʻl ostida viloyat hokimi boʻlib xizmat qilgan. Manbalarga koʻra, ushbu lavozimda u yaxshi faoliyat olib borgan. 720-yilda Yazid ibn al-Muhallab qoʻzgʻoloni paytida viloyatning soliq tushumlarini olib Suriyaga qochib ketgan.
Keyinchalik Iroq hokimi Umar ibn Hubayra bilan doʻstlashgan, 722/723-yillarda Umar uni Said ibn Amr al-Haroshiyning oʻrniga Xurosonga hokim qilib belgilagan. Ushbu lavozimni egallagan vaqtda Movarounnahrda qaltis vaziyat hukmsurgan, yaʼni mahalliy fors va turk xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan norozilik al-Haroshiy tomonidan shafqatsiz tarzda bostirilgan edi. Ibn Hubayra Muslimni bu lavozimga tayinlash chogʻida mahalliy aholi, ayniqsa, dinni qabul qilganlar (mavaliylar) bilan murosa qilishni maslahat bergan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Xurosondagi Umaviylar hokimlari Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari