Said Abduttoyyib Zakiyuddin bin Said Ismoil Badruddin (hijriy 1200-yil / milodiy 1787-yil Safar oyining 4-sanasida Hindistonning Burhonpur shahrida vafot etgan) Ismoiliy Mustaliy tarkibidagi Dovudiy Bohra mazhabining 41-Daʼi al-Mutlaq (mutlaq missioner) edi. U 40-daʼi Hebatulloh-il-Moayid Fiddin oʻrniga diniy lavozimga tayinlangan.

Hayoti Said Abduttoyyib Zakiyuddin Vankaner shahrida tugʻilgan. Otasi Said Ismoil Badruddin II vafot etganida u atigi uch yoshda boʻlgan. 39-daʼi Said Ibrohim Vojiyuddin uni oʻz qaramogʻiga oladi. Said Vojiyuddin oʻzining nabirasi Xadicha AaiSohiba bintu Said Hebatulloh-il-Moayed Fiddinni Said Abduttoyyib Zakiyuddinga turmushga beradi. Xadicha AaSohiba vafot etgach, Said Vojiyuddin nabirasi Ratan AaiSohiba bintu Saidxon BhaiSohibani unga turmushga beradi. Bu nikohdan Said Abduttoyyib Zakiyuddin toʻrt oʻgʻil koʻrgan. Ular: 42-dā'i Said Yusuf Najmuddin, Said Abdu Ali Sayfuddin, Said Shayx Odam Safiyuddin va Said Abdulqodir Hakimuddin.

Faoliyati Said Zakiyuddin hijriy 1193/milodiy 1780-yilda Daʼi al-Mutlaq boʻlgan. Uning daʼvat davri hijriy 1193–1200/milodiy 1780–1787-yillar oraligʻiga toʻgʻri keladi.

Uning mavozini: Said Shayx Odam Safiyiddin, Yusuf Najmuddin; mukosiri: Said Abduali Sayfuddin boʻlgan.

Vorisi Uning oʻrniga 42-daʼi Said Yusuf Najmuddin bin Said Zakiyuddin oʻtirdi.

Manbalar

Havolalar Daftary, Farhad, The Ismaili, Their History and Doctrine (Chapter -Mustalian Ismailism- p. 300-310) Lathan, Young, Religion, Learning and Science Bacharach, Joseph W. Meri, Medieval Islamic Civilisation

Turkum:1787-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr ismoiliylari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:1147-yilda tugʻilganlar