Maxsitov Baxodir Maxsitovich – oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi. Turli yillarda davlat lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hayoti Baxodir Maxsitov 1948-yil 30-iyulda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Oʻrta taʼlimni olgach, 1972-yilda Toshkent davlat universitetiga oʻqishga qabul qilingan. Oliygohni 1976-yilda tamomlagan. Faoliyati Oliygohni tamomlagandan soʻng, mehnat faoliyatini sud-huquq tizimidan boshlagan. 1994-yilda Toshkent viloyatining Boʻka tumani hokimi etib tayinlangan. Bu lavozimda 1 yil faoliyat olib borganidan soʻng, 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlangan. Bu lavozimda 2002-yilgacha faoliyat yuritgan. 2002-yildan 2003-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat yuritgan. 2020-yil dekabr oyidan hozirgacha Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi sifatida ishlab kelmoqda. Mukofotlari Baxodir Maxsitov bir qancha mukofotlar bilan taqdirlangan. Jumladan, „Mehnat shuhrati“ ordeni hamda „Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan. Shuningdek, 2021-yil 29-dekabr kuni „Uzbekistan Sport Awards-2021“ milliy mukofotining „Sport sohasidagi koʻp yillik xizmati uchun“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. 2023-yil 25-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoniga asosan, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan. Manbalar
Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:30-iyulda tugʻilganlar Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar