Ser Sulton Muhammad Shoh (() 1877 yil 2-noyabr1957-yil 11-iyul), Ogʻaxon III nomi bilan tanilgan (), shia tarkibidagi Nizoriy Ismoiliy boʻlimining 48-imomi boʻlgan. U Butun Hindiston musulmonlar ligasining (AIML) asoschilaridan biri va birinchi doimiy prezidenti edi. Uning maqsadi musulmon kun tartibini ilgari surish va Britaniya Hindistonida musulmon huquqlarini himoya qilish boʻlgan. Liga 1930-yillarning oxirigacha, katta tashkilot boʻlmagan, lekin tijorat bilan shugʻullanuvchi musulmonlarning manfaatlarini himoya qilgan, shuningdek, Britaniya Hindistoni davrida Britaniya taʼlimini keng yoyilishiga intilgan. Ogʻa Xonning taʼlimga oid qarashlarida boshqa musulmon ijtimoiy islohotchilarning qarashlari bilan oʻxshashlik bor edi. Biroq, olima Shenila Xoʻja-Moʻlji uning ayollar taʼlimini rivojlantirishga alohida qiziqish bildirganini taʼkidlaydi. Ogʻa Xon Britaniya Hindistoni musulmonlarini Hindiston tarkibidagi alohida millat, mashhur „Ikki millat nazariyasi“ deb hisoblashga chaqirgan. 1912-yilda u AIML prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqqanidan keyin ham liganing siyosati va kun tartibiga katta taʼsir koʻrsatgan. U 1932-yilda Millatlar Ligasida Hindiston vakili boʻlishga nomzod qilib koʻrsatilgan va Millatlar Ligasi 18-assambleyasining prezidenti (1937-1938) lavozimida faoliyat olib borgan.
Manbalar
Adabiyotlar Daftary, F., „The Ismaʼilis: Their History and Doctrines“, Cambridge University Press, 1990. Khoja-Moolji, Shenila. „Redefining Muslim women: Aga Khan III’s reforms for womenʼs education.“ South Asia Graduate Research Journal 20, no. 1, 2011, 69-94. Khoja-Moolji, Shenila. Forging the Ideal Educated Girl. The Production of Desirable Subjects in Muslim South Asia. Oakland: University of California Press, 2018. Naoroji M. Dumasia, A Brief History of the Aga Khan (1903). Aga Khan III, „The Memoirs of Aga Khan: World Enough and Time“, London: Cassel & Company, 1954; published the same year in the United States by Simon & Schuster. Edwards, Anne (1996). „Throne of Gold: The Lives of the Aga Khans“, New York: William Morrow, 1996 Naoroji M. Dumasia, „The Aga Khan and his ancestors“, New Delhi: Readworthy Publications § Ltd., 2008 Valliani, Amin; „Aga Khanʼs Role in the Founding and Consolidation of the All India Muslim League“, Journal of the Pakistan Historical Society (2007) 55# 1/2, pp 85–95. Havolalar
Video Clip from the History Channel website Institute of Ismaili Studies: Selected speeches of Sir Sultan Mahomed Shah Aga Khan III The Official Ismaili Website Official Website of Aga Khan Development Network Aga Khan materials in the South Asian American Digital Archive (SAADA)
Turkum:20-asr ismoiliylari